Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Iqt215.
Ilmiy maslahatchi:  Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Abdurashid Voxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmadaliev Yusuf Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy va amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy rivojlanish jarayonida funksional jihatdan o‘zgarib turadigan, kichik hududlarda aholi zich joylashgan, band aholining aksariyat qismi sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritadigan shahar manzilgohlarining qishloq joylarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yetakchi mavqeini hisobga olgan holda urbanizatsiya tushunchasining mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
hokimiyat organlari boshqaruv samaradorligini oshirish, byudjet mablag‘lari tejamkorligiga erishish maqsadida turli toifadagi shaharlar aholisi sonining quyi chegarasini oshirish orqali ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari, aholi punktlariga shahar/shaharcha maqomini berish hamda ularning bo‘ysunuvi bo‘yicha maqomini belgilashga oid mezonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
aholi soni 500 kishidan kam, uzoq va borish qiyin bo‘lgan kichik qishloq aholi punktlarida xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ularda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni soliqlardan ozod qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
o‘rta istiqbol davrida turizm va sanoatga ixtisoslashgan, shuningdek “yo‘ldosh-shaharlar” tashkil etishga ustuvorlik berish asosida mamlakatdagi mavjud shaharlar to‘rini takomillashtirish yuzasidan takliflar asoslangan;
mamlakatda shaharlar to‘rini kengaytirish hamda shahar aholisi salmog‘ini 60 foizga etkazish imkoniyatini hisobga olgan holda O‘zbekiston shaharlarining demografik salohiyati bo‘yicha 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Davlat tomonidan urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarni strategik rejalashtirishda ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini, aholi punktlariga shahar/shaharcha maqomini berish hamda ularning bo‘ysunuvi bo‘yicha maqomini belgilashga oid mezonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil “15” fevraldagi 04/1-176-son ma’lumotnomasi). Tegishli takliflar “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda tayyorlash jarayonida inobatga olingan;
urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash, er uchastkalaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish hamda mamlakatda yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish yuzasidan takliflar “2030 yilgacha mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasining “Urbanizatsiya” bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2021 yil “3” sentyabrdagi 05/1-1079-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil “26” iyuldagi 03/19-02-6/1-001-son ma’lumotnomasi). Yangi uy-joy siyosatiga oid takliflar natijasida kam ta’minlangan oilalarga arzon uy-joylar, imtiyozli ipoteka kreditlari ajratilishi joriy etilgan;
iqtisodiy rivojlanish jarayonida funksional jihatdan o‘zgarib turadigan, kichik hududlarda aholi zich joylashgan, band aholining aksariyat qismi sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritadigan shahar manzilgohlarining qishloq joylarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yetakchi mavqeini hisobga olgan holda urbanizatsiya tushunchasining ta’rifi takomillashtirildi va 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya konsepsiyasi loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2021 yil 3 sentyabrdagi 05/1-1079-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil “26” iyuldagi 03/19-02-6/1-001-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu taklif davlat urbanizatsiya siyosatini amalga oshirishda tegishli davlat organlari tomonidan qo‘llanilmoqda;
“Yo‘ldosh-shaharlar”ni shakllantirish, istiqbolli aholi punktlarini aniqlash maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha muallif tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma inobatga olindi. Xatlov natijalariga tayanib, O‘zbekiston Respublikasidagi 7 ta yirik shaharda aholi va ishlab chiqarishning ortiqcha jamlanishini oldini olish maqsadida ular atrofidagi 12 ta shahar manzilgohlarini “yo‘ldosh-shaharlar”ga aylantirish yuzasidan taklif ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2021 yil “3” sentyabrdagi 05/1-1079-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil “26” iyuldagi 03/19-02-6/1-001-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu taklif “yo‘ldosh-shaharlar”ni tashkil etishda qo‘llanilmoqda;
hududlarning iqtisodiy salohiyati va infratuzilmasini yuksaltirishga oid dasturlar tayyorlash bo‘yicha muallif tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar Xorazm va Surxondaryo viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturlari to‘g‘risidagi hukumat qarorlarini ishlab chiqishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2021 yil “3” sentyabrdagi 05/1-1079-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil “26” iyuldagi 03/19-02-6/1-001-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar Xorazm va Surxondaryo viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilmoqda;
aholi soni kam, uzoq va borish qiyin bo‘lgan aholi manzilgohlarida xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, jumladan ularda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlarini taqdim etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 332-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanildi. Unga ko‘ra, Arnasoy, Baxmal, Forish, Zafarobod, Zarbdor, Yangiobod tumanlarida maishiy (sartaroshxona, poyabzal, kiyim-kechak, elektr maishiy priborlar ta’mirlash va boshqalar) xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 2017 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod qilindilar (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2021 yil “3” sentyabrdagi 05/1-1079-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil “26” iyuldagi 03/19-02-6/1-001-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yil 1 yanvar` holatiga 2,3 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ mazkur hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ixtiyorida qoldirildi;
o‘rta muddatli istiqbol uchun O‘zbekiston shaharlar tizimining demografik salohiyati bo‘yicha prognoz hisob-kitoblari “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya konsepsiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2021 yil “3” sentyabrdagi 05/1-1079-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil “26” iyuldagi 03/19-02-6/1-001-son ma’lumotnomasi). Demografik prognoz natijalaridan aholi punktlarini muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma maskanlari bilan ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy binolarini qurish, migratsiya jarayonlarini tartibga solishda foydalanilmoqda;
o‘rta istiqbol davrida O‘zbekistonda shaharlar to‘rini kengaytirish, bunda shaharlar sonini hozirgi 119 tadan 202 taga, shaharchalar sonini 1067 tadan 1226 taga etkazish, turizm va sanoatga ixtisoslashgan, shuningdek, yo‘ldosh shaharlar tashkil etishga ustuvorlik berish yuzasidan takliflar 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil “26” iyuldagi 03/19-02-6/1-001-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda urbanizatsiya bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqildi hamda shaharlar to‘rini kengaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish