Xasanova Dilnoza Axrorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Taloq va timusning me’yorda hamda gen-modifikatsiyalangan mahsulot ta’siridagi tajribada morfologik jihatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.2.DSc/Tib553.
Ilmiy maslaxatchi: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Mukaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi taloq va timusning morfologik jihatlariga tajribada norma va genetik modifikatsiyalangan mahsulot ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postnatal ontogenezda kalamush talog‘i va timusining rivojlanishi va shakllanishining makroanatomik ko‘rsatkichlari xususiyatlari asoslangan;
taloqning immun hujayralari va kalamushlarning timus tarkibiy elementlarining rivojlanish dinamikasi haqida yangi morfologik xususiyatlar aniqlangan;
immun-gistokimyoviy usullar bilan genetik o‘zgartirilmagan va genetik jihatdan o‘zgartirilgan mahsulot ta’sirida taloq va timusning stromal komponentlari va hujayra tuzilmalari aniqlangan;
postnatal ontogenezda mikrotomirlarning tuzilishi va joylashishining qonuniyatlari va kech postnatal davrda genetik o‘zgartirilmagan va genetik jihatdan o‘zgartirilgan mahsulotni kiritish paytida ularning a’zolaridagi o‘zgarishi aniqlangan;
tajribada birinchi marta kalamushlarning taloq va timusiga genetik o‘zgartirilgan mahsulot (soya) ning ta’sir darajasi aniqlangan;
kalamushlarning immun tizimi parametrlariga genetik o‘zgartirilmagan va genetik jihatdan o‘zgartirilgan soyaning patologik holatga oid morfologik xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor genetik o‘zgartirilgan mahsulot, taloq va eksperimental hayvonlar timusiga ta’sir darajasini aniqlash mezonlarini yaratish, ularning ta’siri xavfini aniqlash, tajriba molekulyar genetik o‘zgarishlar yo‘nalishlarga taqqoslab, immun tizimiga ta’sir darajasini baholash istiqbollari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishi natijalariga ko‘ra quyidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi va olingan ilmiy natijalar asosida:
GO‘ soya ta’siri va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish uchun chora-tadbirlari, erta tashxislash va oldini olish hamda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Genetik o‘zgartirilgan mahsulotlarning mutagen va kanserogen xususiyatlarini aniqlash metodikasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 apreldagi 8n-r/342-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi GO‘ mahsulotlarining timus va taloqning tuzilishi bo‘yicha mutagen va kanserogen xususiyatlarini tashxislashning aniqligi va samaradorligini oshirish hamda tadqiqot davomiyligini kamaytirishga xizmat qilgan;
GO‘ mahsulotlarni salbiy ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Laboratoriya hayvonlari timusining morfologik parametrlari bo‘yicha genetik o‘zgartirilgan mahsulotni tajribada baholash metodikasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 26 maydagi 8n-r/428-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi GO‘ mahsulotlarining morfofunksional xususiyatlari va timusdagi morfometrik o‘zgarishlarni shakllantirish va o‘rganishga salbiy ta’sirini baholashga xizmat qilgan;
GO‘ soya ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Genetik o‘zgartirilgan mahsulotning eksperimental hayvonlar talog‘ining morfologik jihatlariga ta’sirini aniqlash usuli" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 maydagi 8n-r/429-son ma’lumotnomasi). Immun stress rivojlantirish mexanizmlarini aniqlashga, taloq funksiyasining GO‘ soya ta’siri va ularning salbiy oqibatlarini oldini olishga xizmat qilgan;
GO‘ mahsulotlarining morfofunksional xususiyatlari va immun organlaridagi morfometrik ko‘rsatkichlarini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan RShTYoIM Buxoro filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2021 yil 31 maydagi 8n-d/172-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi ta’lim jarayonini optimallashtirishga, erta tashxis qo‘yish va hayotning dastlabki davrida GO‘ soyaning nojo‘ya ta’sirini tahlil qilish usullarini ishlab chiqishga ko‘maklashdi. Bu, o‘z navbatida, GO‘ soya o‘z ichiga olgan mahsulotlar bilan zaharlanishning erta oqibatlarini oldini olish va davolash samaradorligini oshirishga olib keladi; nogironlik davrining 25-35% ga kamayishi; davolash xarajatlarini kamaytiradi va bolalarda uzoq muddatli davrda yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish imkonini bergan.