Toshalieva Saodat Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatini ekonometrik baholash va uni rivojlantirish istiqbollari (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va ctatictika (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/iqt1289.
Ilmiy rahbar: Hatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar Doschanov Tangirbergen Doschanovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Mirzanov Berdak Joldasbaevich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatini ekonometrik baholash va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik salohiyatini oshirishda “tadbirkorlik salohiyati” ta’rifi takomillashtirilib, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy, siyosiy-institusional omillar ta’siri ostida muayyan natijaga erishish yo‘lida foydalanilayotgan ichki va tashqi tadbirkorlik salohiyatining tarkibiy tuzilmalari takomillashtirilgan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyati natijaviyligini ijtimoiy so‘rovnoma natijalari va statistik ma’lumotlar asosida o‘rtacha geometrik usulda umumiy integral indekslar, umumlashgan baho ko‘rsatkichlari asosida baholash usuli takomillashtirilgan;
tadbirkorlik salohiyatining hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashning dinamik indekslarini hisoblash va individual ko‘rsatkichlar indeksi asosida ko‘p omilli ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyati kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatini oshirishning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatini ekonometrik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik salohiyatini oshirishda “tadbirkorlik salohiyati” ta’rifi takomillashtirilib, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy, siyosiy-institusional omillar ta’siri ostida muayyan natijaga erishish yo‘lida foydalanilayotgan ichki va tashqi tadbirkorlik salohiyatining tarkibiy tuzilmalari takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son Qarorining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining chora-tadbirlar dasturining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 17 avgustdagi 11/05-16-6924-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kichik tadbirkorlikning holati, uning barqaror rivojlanish darajasi, kichik tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va kichik tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish imkoniyatini kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlariga jalb etilmagan tadbirkorlik salohiyatini aniqlash va foydalanilmagan imkoniyatlardan unumli foydalanish shart-sharoitlarini kengaytirishga imkon yaratgan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyati natijaviyligini ijtimoiy so‘rovnoma natijalari va statistik ma’lumotlar asosida o‘rtacha geometrik usulda umumiy integral indekslar, umumlashgan baho ko‘rsatkichlari asosida baholash usulini takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 martdagi PF-5975-sonli “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining chora-tadbirlar dasturining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 17 avgustdagi 11/05-16-6924-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mamlakat hududlari iqtisodiyoti tadbirkorlik salohiyati rivojlanishini majmuaviy integral baholash, turli tumanlar tadbirkorlik salohiyati rivojlanish dinamikasini taqqoslama tahlil qilish, hudud tadbirkorlik salohiyati tuzilmasidagi muammoli jarayonlarni aniqlash, hudud tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘lari samaradorligini baholay olish imkoniyatiga erishilgan.
tadbirkorlik salohiyatining hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashning dinamik indekslarini hisoblash va individual ko‘rsatkichlar indeksi asosida ko‘p omilli ekonometrik modellari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 17 avgustdagi 11/05-16-6924-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining holati, iqtisodiy barqarorlikka erishish darajasini ekonometrik modellar yordamida baholash imkoniyati paydo bo‘lgan, shuningdek, 2021 yilda Surxondaryo viloyatida kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yangi 8 turdagi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va 122,3 million so‘m qo‘shimcha daromad olishga erishilgan;
Surxondaryo viloyati kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatini oshirishning 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 17 avgustdagi 11/05-16-6924-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga joriy etilganda 2026 yilda asosiy kapitalga investisiyalar xajmi 22,4 foizga, ishlab chiqarish quvvatini 19.8 foizga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan.