Kuymuratova Matlubaxon Abdimanabovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turizmni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17–Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt436. 
Ilmiy maslahatchi: Pardaev  Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtoev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizmni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turistik resurslar tarkibiga geoturistik ob’ektlarni qo‘shib turistik yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash taklifi ishlab chiqilgan;
turizmda sotilgan xizmatlar hajmi o‘zgarishiga ularni diversifikatsiya qilish bilan bog‘liq omillar ta’sirini zanjirli almashtirish asosida aniqlangan;
turizm xizmatlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning tashkiliy-qtisodiy mexanizmlari turistik hududlarni xizmatlar sifati, maqsadli yo‘nalish va mavzularni marketing segmentatsiyasi asosida shakllantirishni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan; 
hududda geoturistik yo‘nalishdagi turistik ob’ektlarni e’tiborga olgan holda sohani rivojlantirishning 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizmni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: 
turistik resurslar tarkibiga geoturistik ob’ektlarni qo‘shib turistik yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Axsikent” arxeologik merosi ob’ektini muhofaza qilish va yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 16 oktyabrdagi 831-sonli qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini taminlashda turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, tarixiy ko‘rinishni saqlagan holda majmuaning muhofaza hududidan tashqarisida zamonaviy kompleks dam olish maskanlarini tashkil etish va majmuaning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 noyabrdagi 02-22/8481-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga qo‘llanilishi turistik resurslarni kengaytirish evaziga ichki va kiruvchi turizm hisobidan turistlar sonini 2,5-4,0 foizga oshirgan; 
turizmda sotilgan xizmatlar hajmi o‘zgarishiga, ularni diversifikatsiya qilish bilan bog‘liq omillar ta’sirini zanjirli almashtirish asosida aniqlangan ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 iyuldagi 557-sonli «2017 – 2019 yillarda Andijon viloyatining Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini taminlashda Farg‘ona vodiysi aholisining faol xordiq chiqarishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 noyabrdagi 02-22/8481-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida turistik korxonalarda sotilgan xizmatlar hajmini oshirishning ichki imkoniyatlarini izlab topish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
turizm xizmatlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning tashkiliy-qtisodiy mexanizmlari turistik hududlarni xizmatlar sifati, maqsadli yo‘nalish va mavzularni marketing segmentatsiyasi asosida shakllantirishni e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 noyabrdagi 02-22/8481-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning joriy qilinishi turizm sohasida ham turistik mahsulotlarni sotish tizimini turistlarni ko‘proq jalb qilish evaziga oshirish imkoniyatini yaratishning bir qancha yo‘nalishlarini aniqlab bergan;
hududda geoturistik yo‘nalishdagi turistik ob’ektlarni e’tiborga olgan holda sohani rivojlantirishning 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Axsikent” arxeologik merosi ob’ektini muhofaza qilish va yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 16 oktyabrdagi 831-sonli qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini taminlashda turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, tarixiy ko‘rinishni saqlagan holda majmuaning muhofaza hududidan tashqarisida zamonaviy kompleks dam olish maskanlarini tashkil etish va majmuaning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 21 noyabrdagi 02-22/8481-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning joriy qilinishi turizmni rivojlantirishning 2024 yilgacha yilma-yil qay darajada o‘sishini ko‘rsatib bergan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish