Shakirov Il`yas Raximzyanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Singapur hamkorligining tarixi (1991-2020 yy)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar494.
Ilmiy rahbar: Kobzeva Ol`ga Petrovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020 yillarda O‘zbekiston va Singapurning ikkitomonlama hamkorligi tarixini ochib berishdan iiborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Singapur hamkorligi tarixi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik o‘rnatilganligi va rivojlana boshlaganligi (1991-2006 yy.), O‘zbekiston Singapurning Markaziy Osiyodagi strategik va iqtisodiy hamkoriga aylanganligi (2007-2016 yy.), parlamentlararo aloqalarning mustahkamlanishi, ta’lim, madaniyat, turizm sohasida hamkorlikni kengayishi, ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining jadal o‘sishi bilan farqlanishi (2017 yildan boshlab hozirgacha) kabi uch bosqichda rivojlanganligi dalillangan;
Singapur turoperatorlari tomonidan 15% aholisi musulmon bo‘lgan Janubiy-Sharqiy Osiyoda O‘zbekistonning nafaqat tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish, balki kichik hajni amalga oshirish istagidagi sayyohlarga turizm imkoniyatlarini faol tarzda targ‘ib etilayotganligi natijasida ikki davlat o‘rtasida ziyorat turizmi jadal rivojlanayotgan hamkorlik yo‘nalishiga aylanganligi asoslangan;
2000 yilda O‘zbekiston tomonidan Singapur nomzodining BMTning Xavfsizlik Kengashiga doimiy bo‘lmagan a’zo sifatida (2001-2002 yillar davomida) kirishi hamda 2004 yilda Xotin-qizlarning kamsitilishiga barham berish qo‘mitasiga a’zo bo‘lishi qo‘llab-quvvatlangani, Singapur tomonidan O‘zbekistonning Jahon Savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi qo‘llab-quvvatlangani dalillangan;
2010 yilda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga Singapur va Janubiy-Sharqiy Osiyoda istiqbolli istemol bozoriga ega bo‘lgan va samarali rivojlanayotgan soha sifatida ilk bor Singapurning (Indorama group kompaniyasi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi muvaffaqqiyatli jalb etilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2020 yillarda O‘zbekiston va Singapurning ikkitomonlama hamkorligi tarixi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston va Singapur hamkorligi tarixi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik o‘rnatilganligi va rivojlana boshlaganligi (1991-2006 yy.), O‘zbekiston Singapurning Markaziy Osiyodagi strategik va iqtisodiy hamkoriga aylanganligi (2007-2016 yy.), parlamentlararo aloqalarning mustahkamlanishi, ta’lim, madaniyat, turizm sohasida hamkorlikni kengayishi, ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmining jadal o‘sishi bilan farqlanishi (2017 yildan boshlab hozirgacha) kabi uch bosqichda rivojlanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2020 yil 5 noyabrdagi №10/1-07-103 ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston va Singapur davlatlararo va parlamentlararo aloqalarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlini muhim yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini bergan;
Singapur turoperatorlari tomonidan 15% aholisi musulmon bo‘lgan Janubiy-Sharqiy Osiyoda O‘zbekistonning nafaqat tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish, balki kichik hajni amalga oshirish istagidagi sayyohlarga turizm imkoniyatlarini faol tarzda targ‘ib etilayotganligi natijasida ikki davlat o‘rtasida ziyorat turizmi jadal rivojlanayotgan hamkorlik yo‘nalishiga aylanganligi to‘g‘risidagi xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan foylanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 02-19/4602-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlanishiga qaratilgan innovatsiyalar sohasidagi O‘zbekiston va Singapur ikki tomonlama hamkorligining zamonaviy ustivor yo‘nalishlarini ochib berish imkoniyatini bergan;
2000 yilda O‘zbekiston tomonidan Singapur nomzodining BMTning Xavfsizlik Kengashiga doimiy bo‘lmagan a’zo sifatida (2001-2002 yillar davomida) kirishi hamda 2004 yilda Xotin-qizlarning kamsitilishiga barham berish qo‘mitasiga a’zo bo‘lishi qo‘llab-quvvatlangani, Singapur tomonidan O‘zbekistonning Jahon Savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi qo‘llab-quvvatlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar “O’zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 iyundagi № 02-10-1009 ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va Singapurning ikkitomonlama hamkorligi tarixini yoritib berish va keng jamoatchilikka O‘zbekiston Respublikasi va Singapur Respublikasi hamkorligi to‘g‘risida kengrok ma’lumotlar olish imkonini bergan;
2010 yilda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga Singapur va Janubiy-Sharqiy Osiyoda istiqbolli istemol bozoriga ega bo‘lgan va samarali rivojlanayotgan soha sifatida ilk bor Singapurning (Indorama group kompaniyasi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi muvaffaqqiyatli jalb etilgani to‘g‘risidagi materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-31 «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamondoshlari xotirasida» nomli amaliy loyihasini ishlab chikishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi 1255-2453-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ilmiy xulosalar O‘zbekistonning yangi tarixini ilgari o‘rganilmagan yangi arxiv materiallari bilan boyitgan.