Tursunov Nurullo Narzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy O‘zbekiston aholisi moddiy madaniyatidagi transformatsion jarayonlar”, 07.00.07- “Etnografiya, etnologiya va antropologiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B.2017.3.DSc/Tar 94.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Barno Mashrabjanovna, tarix fanlari doktori, dotsent; Rasulova Ziyodaxon Abduborievna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning janubiy hududlari (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari) aholisining moddiy madaniyatida kechgan transformatsion jarayonlarni etnologik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet davrida va mustaqillik yillarida mintaqada yuz bergan maishiy bino va uy-joylar qurilishidagi tog‘, tog‘ oldi, dasht, cho‘l uylari va inshootlari, toshloyli, yog‘ochg‘o‘lali, o‘tov, er tom, chayla, paxsali, xom g‘ishtli, pishiq g‘ishtli, beton uy turlari kabi o‘ziga xos tipologiyalar, ularning vazifaviy maqomi, tuzilishi, qurilish usuli, xom-ashyo manbalari, bezatilishi, binolar qurilish bilan bog‘liq an’analarning transformatsiyaga uchragani etnologik-izchillik, retrospektiv usullar asosida ochib berilgan;
mintaqada yong‘oq, o‘rik, ruyan, anor, gilosdan bo‘yoq olinganligi va surxoncha bezaklarda sariq, qizil, qora ranglarning an’anaviylik va evolyusion jarayonlardagi o‘zgarishlarining o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
mintaqa aholisining uy-ro‘zg‘or anjomlarini tayyorlashdagi moddiy manbalari, hunarmandlar tomonidan yaratilgan yog‘och-uymakorligiga xos oshxona asboblari, o‘choq-tandir bilan bog‘liq anjomlar va ularning turlari, ishlatish usullari, mintaqaviy o‘ziga xosligi, transformatsion va an’anaviy jihatlari hamda funksiyalari etnologik nuqtai-nazardan dalillangan;
mintaqaga xos sutli, xamirli, dukkakli, donli, sabzovatli, mevali, go‘shtli, parranda mahsulotlardan taomlar tayyorlanganligi, boshqa hududlarda uchramaydigan yorma, atala, sho‘ropatir, g‘ilmindi, keskanosh, toshtandir non kabi taomlarning mavjudligi, ularning evropa taomlarining kirib kelishi va an’anaviy milliy taomlar bilan sintezlashuvi asosida transformatsiyaga uchraganligi isbotlangan;
vohadagi transformatsion jarayonlariga xos tabiatdagi o‘zgarishlar, ya’ni fasllar, oylar, haftalar, kunlarga oid boshqa mintaqalarda uchramaydigan holatlar(quyosh, oy, yulduzlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar)ning tabiiy-geografik sharoitga hamda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikga va ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha erishilgan nazariy xulosa va amaliy takliflardan quyidagi innovatsion loyihalarda foydalanilgan։
mintaqa aholisi kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va bezaklarida an’anaviylik va evolyusion jarayonlardagi o‘zgarishlar, uning boshqa hudulardan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari etnografik kuzatish asosida etnologik jihatdan qiyoslash orqali ularning o‘ziga xos xususiyatlariga oid ma’lumotlardan Janubiy O‘zbekiston aholisining moddiy madaniyatiga oid tadqiqot natijalaridan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 oktyabrdagi “Zamonaviy talablarga javob beruvchi va mustaqillik g‘oyalari asoslariga mos keluvchi O‘zbekiston tarixi muzeyini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida muzeyning O‘zbekiston tarixining qadimdan hozirgi kungacha bo‘lgan davriga oid ekspozisiyalar qismining “XIX-XX asrlarda O‘zbekiston” bo‘limini ekspoziyasini yangi etnografik moddiy ashyolar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 3/1255-2152-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey eksponatlarni boyitishga, asl tariximizni namoyish etish imkoniyati yaratilgan;
mintaqa aholisining uy-ro‘zg‘or anjomlarini tayyorlashdagi moddiy manbalari, hunarmandlar tomonidan yaratilgan yog‘och-uymakorligiga xos oshxona asboblari, miskarlik, tunikasozlik, pichoqsozlik, tandir bilan bog‘lik anjomlar va ularning turlari, ishlatish usullari, mintaqaviy o‘ziga xosligi, farqlari transformatsion va an’anaviy jihatlari zamonaviylashuv tendensiyasi omillari hamda funksiyalariga taalluqli ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori dasturining VII bob, 27˗bandi ijrosi yuzasidan “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, 29-bandi ijrosi yuzasidan “Yurtim tarixini o‘rganaman”, “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat” kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida dissertatsiya ma’lumotlaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 22 iyundagi 02/07-579-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning moddiy madaniyatiga oid ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini targ‘ib etishda yangi materiallar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
mintaqaga xos sut, sutli, xamir, dukkakli, donli, sabzovat, meva, go‘shtli, parranda mahsulotlaridan taomlarlar tayyorlash usullari, tarkibi, texnologiyasi, iste’mol madaniyati, evropa taomlarini kirib kelishi va an’anaviy milliy taomlar bilan sintezlashuvi asosida transformatsiyaga uchraganligiga oid ma’lumotlardan Surxondaryo viloyatidagi tojik va turkman milliy-madaniy markazlari bilan hamkorlikda 2017, 2018, 2019 yillarning mart oyida o‘tkazilgan Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlarida, yurtimizda oilaviy qadriyatlarni va mahallalar tarixini o‘rganishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 30 iyundagi 01-07-842-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy markazlar uchun takomillashtirilgan o‘quv qo‘llanmalari yaratish ilmiy jihatdan boyitilishiga xizmat qilgan;
vohadagi transformatsion jarayonlariga xos tabiatdagi o‘zgarishlar, ya’ni fasllar, oylar, haftalar, kunlarga oid boshqa mintaqalarda uchramaydigan holatlar, qo‘yosh, oy, yulduzlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarni tabiiy-geografik sharoitga ta’siri, dehqonchilik, chorvachilik, hunrmandchilikda qo‘llanilishi xo‘jalik yuritish uslubiga va ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siriga taalluqli ma’lumotlardan “Obod mahalla” tamoyili asosida mahallalar, ko‘chalar va xonadonlarni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish bo‘yicha belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish uchun amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 02-06/153-son dalolatnomasi). Natijada yo‘qolib borayotgan an’anaviy uy-joylarning ijobiy tomonlarini o‘rganish va hudud moddiy madaniyatini sayyohlar o‘rtasida ommalashtirishda muhim ilmiy asoslangan nazariy va amaliy jihatlari asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga taqdim etilgan Janubiy O‘zbekiston aholisi moddiy-madaniyatini o‘zida aks ettirgan tarixiy-etnografik buyumlar, mintaqa aholisining hayotida ishlatiladigan so‘zana, ro‘mol, choyshab-gulko‘rpa, zardevor, kelin choyshabi, erkak va ayollarning bosh kiyimlari o‘zbek xalqining madaniy merosini saqlab qolish bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar O‘zbekiston tarixi kanalining “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston tarixi kanalining 2020 yil 20 martdagi 02-40-1179-son ma’lumotnomasi). Natijada moddiy madaniyatimizning holati, saqlanishi, tiklanishi va rivojlanishi tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xalqimiz tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.