Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuvi (eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar misolida)», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped518.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramova Xafiza Samadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuvini takomillashtirish bo‘yicha tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning surdotexnik vositalardan foydalanish, texnologiya fanini o‘qitishda ta’lim turlari va bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, mahoratli kasb egalarini ta’lim jarayoniga jalb etish kabi ijtimoiy moslashuv muammolarini bartaraf etish yo‘llari o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatiga mos kasblarni saralash asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni zamonaviy hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga va oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlari maktab-internat bitiruvchilarining kasb malakasi, ularning ishga joylashish holati, oilaviy hayot haqidagi tasavurlarning shakllanganlik darajalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarini oilaviy hayotga moslashtirish me’zonlari valeologik tamoyillar va kompleks-ta’sir (psixologik, tibbiy, sotsiologik) yondashuvlarining mehnat bilan bandligini aniqlash darajalarini integratsiyasi orqali maqsadli, mazmunli, faoliyatli va baholash-natijaviy komponentlar asosida takomillashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’limiy imkoniyatlari ota-onalar bilan ishlash jarayonlarini modellashtirish, korreksion-logopedik ta’sirning natijadorligini ta’minlash orqali bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilari ijtimoiy moslashuvining tarkibiy tuzilmasi kasbiy faoliyat va oilaviy hayot talablari hamda hayotiy kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuvi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning surdotexnik vositalardan foydalanish, texnologiya fanini o‘qitishda ta’lim turlari va bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, mahoratli kasb egalarini ta’lim jarayoniga jalb etish kabi ijtimoiy moslashuv muammolarini bartaraf etish yo‘llari o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatiga mos kasblarni saralash asosida takomillashtirishga oid takliflarITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilariga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish hamda ularni oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini samaradorligi oshirilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni zamonaviy hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga va oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlari maktab-internat bitiruvchilarining kasb malakasi, ularning ishga joylashish holati, oilaviy hayot haqidagi tasavurlarning shakllanganlik darajalarini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalar psixokorreksiya ishlarini amalga oshirishga sharoit yaratilgan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarini oilaviy hayotga moslashtirish me’zonlari valeologik tamoyillar va kompleks-ta’sir (psixologik, tibbiy, sotsiologik) yondashuvlarining mehnat bilan bandligini aniqlash darajalarini integratsiyasi orqali maqsadli, mazmunli, faoliyatli va baholash-natijaviy komponentlar asosida takomillashtirishga oid taklfilar ITD-1-61- raqamli “Defektologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy ta’lim modellari ta’sirini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalarni xayotga ijtimoiylashuv sharoitlari rivojlangan;
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’limiy imkoniyatlari ota-onalar bilan ishlash jarayonlarini modellashtirish, korreksion-logopedik ta’sirning natijadorligini ta’minlash orqali bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilari ijtimoiy moslashuvining tarkibiy tuzilmasi kasbiy faoliyat va oilaviy hayot talablari hamda hayotiy kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar ITD-1-61- raqamli “Defektologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy ta’lim modellari ta’sirini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 89-03-3344-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning ijtimoiy moslashuvi qamrovini kengaytirishga erishilgan.