Raximov Xolmurot Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida aralash o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Texnika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2360.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitda aralash o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida o‘qitishning tashkiliy-metodik tamoyillari (ko‘rgazmalilik, ijodiy faollik, samarodorlilik) yordamida mashg‘ulotlarni o‘quv-tashkiliy tuzilmasiga 3D formatli dinamik va raqamli elektron ta’lim resurs (GeoGebra dasturi va mobillashuvi)larni kontentlash hamda didaktik kompetensiyasini interfaol metodlari asosida takomillashtirish modeli va komponentlar (maqsadli, metodologik, mazmuniy,tarkibiy, protsessual va diagnostik) imkoniyatlari uyg‘unligini taa’minlash asosida takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalishidagi talabalarning mustaqil ta’lim olishiga xizmat qiladigan EO‘UP modeli (veb-platforma) o‘quv axboroti va multimediani taqdim etishning to‘liqlilik, interaktivlik, uzviylik, moslashuvchanlik tamoyillari hamda didaktik maqsadlarini (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) identiv xususiyatlarga ko‘ra o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarini bosqichli va maqsadli loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
amaliy masalalarni echishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy ta’minot va virtual auditoriyalar (masofadan turib)ni integratsiyalash asosida talabalarning faolligini oshirish orqali kompetensiyalar rivojlanganligining reproduktiv, algoritmik, qisman izlanuvchanlik va ijodiy darajalari hamda anglash, bilish, qo‘llash, tahlil va xulosalash ko‘rsatgichlari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
aralash ta’lim muhitida talabalarning tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish algoritmini mezon va ko‘rsatkichlari bulutli texnologiyalar hamda kognitiv soha, kommunikativ daraja va o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish motivatsiyasi kabi omillarni o‘zaro samarali uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida aralash o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron ta’lim muhitida o‘qitishning tashkiliy-metodik tamoyil (ko‘rgazmalilik, ijodiy faollik, samarodorlilik)lari yordamida mashg‘ulotlarni o‘quv-tashkiliy tuzilmasiga 3D formatli dinamik va raqamli elektron ta’lim resurs (GeoGebra dasturi va mobillashuvi)larni kontentlash asosida takomillashtirishga oid takliflar AIF №2/15 raqamli “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi Akademik innovasiyalar fondi halqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-07-2257/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayorlash, talabalar kasbiy kompetentligini oshirish imkonini yaratgan;
texnika yo‘nalishidagi OTMlarida talabalarning mustaqil ta’lim olishiga xizmat qiladigan EO‘UP modeli (veb-platforma) o‘quv axboroti va multimediani taqdim etishning to‘liqlilik, interaktivlik, uzviylik, moslashuvchanlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan takliflar I1-OT-O-96426 raqamli “Ta’lim muassasalarida amaliy kasbiy ta’lim metodikasi va texnologiyalarini tizimlashtirish hamda amaliyotga joriy etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-07-2257/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mutaxassis-lik masalalarini echishda dasturiy ta’minotlardan kasbiy faoliyatda foydalanish imkoniyatlari yaratilgan;
amaliy masalalarni echishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy ta’minot va virtual auditoriyalar (masofadan turib)ni integratyalash asosida talabalarning kasbiy kompitentligi sifatilari (ijodiy faollik, yaratuvchanlik, qobiliyatlilik)ning funksional xususiyatlari optimallashtirishga oid takliflar AIF №2/15 raqamli “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi Akademik innovasiyalar fondi halqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-07-2257/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning masofadan o‘qish va mutaxasislik masalalarini dasturiy ta’minotlar asosida echish ko‘nikma, malaka va amaliy faollik darajasi oshgan;
aralash ta’lim muhitida talabalarning tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik hamda kasbiy kompetenyalarini rivojlantirish algoritmini mezon va ko‘rsatkichlari bulutli texnologiyalar hamda virtual ta’lim vositalari asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-07-2257/04-son ma’lumotnomasi). Aralash o‘qitish muhitida talabalarning kasbiy kompetentligi sifatlarining funksional xususiyatlarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.