Pardaev Toshkentboy Rajabovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning janubiy hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot (1945-1991 yy.)”, 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2019.4.DSc/Tar92.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Halimovich, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1945-1991 yillarda O‘zbekistonning janubiy hududlarida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyatining markazlashtirilgan va ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tufayli respublika iqtisodiyotining yagona xalq xo‘jaligi tizimiga kiritilishi ijtimoiy dasturlarni rivojlantirishga jiddiy to‘siq bo‘lganligi, bu holat janubiy hududlarda respublikalarning boshqa mintaqalariga nisbatan keskin salbiy iz qoldirganligi, ayniqsa, Chiroqchi, Dehqonobod, Qamashi, Yakkabog‘, Sherobod, Boysun va Sariosiyo tumanlarida odamlarning ijtimoiy holati va maishiy turmushi past darajada qolganligi arxiv hujjatlari asosida isbotlangan;
Muborak, Kakaydi, Lalmikor, Xaudak neft`-gaz konlarining topilishi mintaqa aholisi manfaatlariga xizmat qilmaganligi, aslida bu tabiiy boyliklar sovet hokimiyatining markazlashtirilgan nazorati ostida o‘zlashtirilib, uning mo‘may daromad manbaiga aylanib qolganligi, shu davrda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 19 ta tuman markazlari 400 dan ortiq xo‘jalik markazlari gazlashtirilmaganligi dalillangan;
Surxon-Sherobod cho‘llari o‘zlashtirilib, yangi erlarning qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritilishi sohada paxta yakka hokimligining o‘rnatilishiga va buning natijasida bog‘dorchilik, polizchilik va sabzavotchilikda asrlar davomida shakllanib kelgan an’anaviy agrotexnik tajribalarning unitilishiga olib kelganligi isbotlangan;
sovet davrida janubiy hududlar aholisining ijtimoiy-turmush tarziga etarlicha e’tibor qaratilmaganligi va shart-sharoitlar yaratilmaganligi oqibatida mustaqillik arafasida mazkur viloyatlarda 127 mingdan ortiq odamlarning  ishsizligi, 30 mingdan ortiq oilalar uy-joy olish uchun navbatda turganligi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash mintaqada keskin muammoga aylanganligi arxiv hujjatlari asosida isbotlangan;
sovet davrida janubiy hududlar ta’lim tizimini yaxshilashga harakat qilingan bo‘lsada, bu borada ko‘plab muammolar to‘planib borganligi, ayniqsa, Qashqadaryoda 214 ming, Surxondaryoda 123 ming o‘quvchiga o‘rin etishmaganligi, shuningdek, kommunistik mafkura va sovet hukumatining milliy qadriyatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lishi oqibatida ushbu vohalarga xos baxshichilik, badash, xalq o‘yinlari, marosim va udumlar kabi an’ana va qadriyatlarning unitilishiga olib kelinganligi  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy O‘zbekiston hududlarining 1945-1991 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
markazning O‘zbekistonga xom ashyo manbasi sifatida qarash siyosati tufayli respublika iqtisodiyotining yagona xalq xo‘jaligi tizimiga kiritilishi  hududdagi ijtimoiy dasturlarni rivojlantirishga jiddiy to‘siq bo‘lib, bunday sharoitda aholini ish bilan ta’minlash, odamlarga munosib turmush sharoitini yaratish hamda aholi farovonligini yo‘lga qo‘yish og‘ir kechganligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2018-2019 yillardagi targ‘ibot tadbirlarida keng foydalanilgan  (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 12 dekabrdagi 01/07-1658-raqamli dalolatnomasi). Natijada aholida XX asrning ikkinchi yarmida janubiy viloyatlar tarixi haqidagi tasavvurlarini boyitish imkonini bergan;
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ko‘p tarmoqli sanoat ishlab chiqarish bazasining shakllanmaganligi xalq xo‘jaligini bir tomonlama rivojlanishiga olib kelib, ushbu tendensiya mazkur hududda sanoatning ishlab chiqarish sohalari va qishloq ho‘jaligining sanoatlashishi bilan bog‘liq ma’lumotlar Termiz davlat muzey qo‘riqxonasining sovet davri foni materiallarini boyitishga boyitishda foydalanilgan (Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazining 2020 yil 19 fevraldagi 89-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar muzeyga tashrif buyuruvchilarning sovet davrida  yuz bergan  ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning Surxondaryo viloyati aholisi hayotiga ko‘rsatgan ta’siri haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish  imkonini yaratgan;
Surxon-Sherobod va Qarshi cho‘llari o‘zlashtirilib, yangi erlarni qishloq xo‘jalik oborotiga kiritilishi sohada paxta yakkahokimligini yil sayin oshib borishi barobarida boshqa xo‘jalik ekin maydonlarining kamayishi hamda uning mahalliy aholi ahvoliga ta’siri bo‘yicha materiallar Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasini tashkil qilishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2020 yil 25 iyundagi 52-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asrning 80 yillaridagi paxta ishi bilan bog‘liq qatag‘on siyosatining mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
janubiy viloyatlardagi shahar aholisining ijtimoiy hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga qaramay, ishsizlik, uy-joy taqchilligi, real daromadning pastligi oziq-ovqat va keng iste’mol mollarining ta’minotidagi uzilishlarga sabab bo‘lib, bu holat ishchi va xizmatchilarning mehnat natijalaridan manfaatdorlik hissining  kamayishi hamda o‘tkir ijtimoiy muammolarni kelib chiqishiga oid natijalardan O‘zbekiston tarixi telekanalidagi “Muzeyga sayyohat”, “Asori atiqalar” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 12 dekabrdagi 01-40-2626-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining XX asrning ikkinchi yarmidagi tarixini bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish