Sultonova Svetlana Yurievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro terrorizmning hozirgi davrda shaxs ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fa1504.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08..
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qaxxorova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro terrorizmning shaxs ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim muammolari, ishsizlik, kam maosh, korrupsiya, qadriyatning o‘zgarishi, buzg‘unchi maqsadlarda psixologik omilni qo‘llash, internet tarmog‘idan noqonuniy maqsadlarda foydalanish xalqaro terrorizmning rivojlanish dinamikasi asosida yuzaga keluvchi destruktiv (ijtimoiy aloqalarning buzilishi, ijtimoiy-madaniy begonalashuv) oqibatlarga olib kelayotgani falsafiy jihatdan aniqlangan;
hozirgi zamon terrorchisi salbiy shaxsiyat dispozisiyalarini belgilovchi nekrofiliya (odamsevmaslar), ekstremal narsissizm (o‘ta ketgan xudbin), ressentiment (qarama-qarshi tuyg‘u, hissiyot), vibxava-tanxa (zo‘ravonlikka moyil), monologlash (o‘zligi ichida bo‘lish) kabi antropologik xususiyatlarning yoshlarni zo‘ravonlikka, oilaviy qadriyatlarni yo‘qotishga, jamiyatda zo‘ravonlik va radikal qarashlarni tarqatish uchun shart-sharoit yaratayotganligi falsafaning imkoniyat va voqe’lik tamoyili asosida ochib berilgan;
yoshlarning xalqaro terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolmasligida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini uslubiy asoslarni yaratish, tarbiyada ota-ona o‘rni, majburiyati, mas’uliyati kabi vertikal va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, muvofiqlashtirib borish kabi gorizontal shakllarda tashkil etish dolzarbligi falsafiy jihatdan isbotlangan;
xalqaro terrorizm tahdidi va ko‘rinishlariga qarshi kurashishda sub’ektiv-shaxsiy motivatorlarni rivojlantiruvchi yo‘naltirilgan, proektiv, eksperimental usul va vositalar, geosiyosiy va turli tahdidlarga qarshi ma’rifat orqali samarali kurash olib borishga, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan g‘oyaviy-mafkuraviy profilaktik dasturlarni takomillashtirish zarurligi falsafaning sabab va oqibat kategoriyasi vositasida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro terrorizmning hozirgi davrda shaxs ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil) bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
xalqaro terrorizmning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashishda ma’naviy-mafkuraviy profilaktika ishlarini tubdan takomillashtirish zarurligi falsafaning mohiyat va hodisa, sabab va oqibat singari atributiv kategoriyalari vositasida ochib berilganligiga oid nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalaridan Imom Buxoriy xalqaro markazi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” kitob-al`bomida hamda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan tarjima qilingan “IShIDning botil g‘oyalari va ularga raddiyalar” kitobi va “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyasini mazmunan takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 11 fevraldagi 02/53-son ma’lumotnomasi). Natijalar hozirgi davrda yoshlarda terrorizmga qarama-qarshi bo‘lgan sub’ektiv xususiyatlarni ochib berish hamda shakllantirish natijasida ekstremizm va terrorizm mafkurasiga qarshilik ko‘rsatish choralarining yaratilishi hamda uyg‘unlashtirilishiga xizmat qilgan;
hozirgi davrda xalqaro terrorizmning rivojlanish dinamikasi asosida yuzaga keluvchi destruktiv (ijtimoiy aloqalarning buzilishi, ijtimoiy-madaniy begonalashuv) oqibatlarning oldini olishda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish zarurligi ilmiy asoslab berilishiga doir ilmiy yangiligi hamda hozirgi zamon terrorizmining jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishi, aholi keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otishga qaratilgan siyosiy kurashning o‘ziga xos usuli ekanligi, terrorizmning asosiy xususiyatlari ko‘rsatilgan amaliy natijasidan Sam DChTI professori,falsafa fanlari doktori O.G‘aybullaevning 2019 yilda “Fan va texnologiya” nashriyotida chop etilgan “Milliya g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darsligining “Yot va zararli g‘oyalarning ko‘rinishlari, ularning oldini olishda milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati” deb nomlanuvchi 20-bobining “Yot va zararli g‘oyalar, g‘oyaviy kurash tushunchalari”, “Tahdidlarning ichki va tashqi yo‘nalishlari, ijtimoiy ildizlari”, “Diniy ekstremizm va terrorchilik, ommaviy madaniyat va demokratik g‘oyalarni niqob qiluvchi ma’naviy mafkuraviy oqimlar, ularning faoliyat usullari va xavfsizlikka tahdidi”, “O‘zbekistonga qarshi axborot xurujlari, ularning asl maqsadlari va ta’sir”, 22-bobining “Mafkuraviy kurashlarning oldini olishda milliy g‘oyaning zarurligi”, “Yovuz va tajovuzkor mafkuralarga qarshi kurashda milliy g‘oyaning zarurligi”, “Yovuz va tajovuzkor mafkuralarga qarshi kurashda milliy g‘oya rolining oshib borishi” mavzularni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 30 martdagi 734/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, berilgan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darslik mazmunini nazariy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarning xalqaro terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolmasligida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini vertikal va gorizontal shaklda tashkil etish birlamchi omil ekanligi ilmiy dalillar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi ish rejasining 2-bandi; “Xalqaro terrorizm hodisasida ma’naviy tahdidlar va ularning namoyon bo‘lishi” hamda ish rejaning 3-bandi; “Terrorizm tahdididan shaxsning o‘zini- o‘zi himoya qilish muammolari va shaxsning terrorizm vayronkor mohiyatiga qarshi kurashda individual modeli” mavzulari yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan “Yoshlar o‘rtasidagi tarbiyaning muammo va echimlari” mavzusida uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish da tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan taklif va tavsiyalar asosida tadbirning ssenariysi tuzilib, amaliyotda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 13 apreldagi 02-09/962-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda terrorchining shaxsiyatiga qarama qarshi bo‘lgan shaxsiy sub’ektiv xususiyatlarni ochib berish hamda shakllantirish natijasida ekstremizm va terrorizm mafkurasiga qarshilik ko‘rsatish choralarining yaratilishi hamda uyg‘unlashtirilish, mazkur muammoning hal etilishiga umumiy yondashuvlarni alohida davlatlar hamda davlatlararo hamkorlik doirasida ishlab chiqishni takomillashtirish zarurligi haqidagi taklif va tavsiyalari “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
hozirgi zamon terrorchisining salbiy shaxsiyat dispozisiyalarini belgilovchi nekrofiliya, ekstremal narsissizm, ressentiment, vibxava-tanxa, monologlash kabi belgilarining substansional mazmun-mohiyati asoslanganligiga oid xulosa va takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 mart kuni efirga uzatilgan “Yoshlar-kelajagimiz” ko‘rsatyvining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 martdagi 09-01/94-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar teletomoshabinlarning hozirgi zamon terrorizmi buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish shaxs relevant modelini ishlab chiqish haqidagi bilimlarini va ko‘rsatuvlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.