Soipova Movjuda Karimjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Fanning qadriyatga aylanib borish jarayonida barkamol inson shakllanishining ijtimoiy omillari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal63.
Ilmiy rahbar: Qambarov Abdumutal Axatjonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Artiqov To‘lanboy Artiqovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fanning qadriyatga aylanib borish jarayonida barkamol insonni shakllantirishning ijtimoiy omillarini falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida fanning qadriyatga aylanib borishi ob’ektiv tarixiy jarayon ekanligi, fan aksiologiyasining jamiyatda innovatsiyalar va modernizatsiya yuzaga kelishi natijasida muntazam rivojlanuvchi dialektik, yangi ilmiy nazariyalar va ilm-fan yutuqlari kontekstida o‘zgarib boruvchi sinergetik, jamiyat sohalarining o‘zgarishiga mos ravishda barkamol inson salohiyati realizatsiyasi va faoliyatining yangi shakllari hisobiga taraqqiy etuvchi praksiologik xususiyatlari ochib berilgan;
fanning gnoseologik qudrati unga soxta antissientizm, nooqilona skeptisizm kabi har qanday salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga zarba beruvchi institut sifatida o‘ziga aksiologik munosabatni ratsionalistik va praksiologik jihatdan shakllantiruvchi tizim ekanligi dalillangan;
shaxs ijodiy faoliyatida intellektual resursni milliy va umuminsoniy manfaatlarning uyg‘unligi kontekstida ro‘yobga chiqarish va uning ilmiy qadriyatlar bilan integratsiyasi negizida shakllanuvchi milliy salohiyatni yuksaltirish, innovatsion va ilmiy qadriyatlarni o‘zlashtirgan xalqaro raqobatbardosh kadrlarning yangi avlodini etishtirish, mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlashga, ilmni tijoratlash-tirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni rivojlantirish, yoshlarda anglangan pragmatik ehtiyojlarni shakllantiruvchi g‘oyalar asosida ilmiy-aksiologik dunyoqarashni shakllantirish zarurati ko‘rsatib berilgan;
barkamol insonni ilmiy-ma’naviy shakllantirish negizida axloqiy, madaniy, estetik, siyosiy, huquqiy demokratik omillarning roli, zamonaviy inson ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish bevosita fanning aksiologik mohiyati bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshish jarayoni ijtimoiy falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fanning qadriyatga aylanib borish jarayonida barkamol inson shakllanishining ijtimoiy omillari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekiston yangi taraqqiyotining hozirgi bosqichida fanning qadriyat sifatidagi dialektik, sinergetik, deterministik xususiyatlari hamda fanning gnoseologik qudrati unga har qanday salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga (soxta antissientizm, nooqilona skeptisizm) zarba beruvchi institut sifatida o‘ziga aksiologik munosabatni ratsionalistik va praksiologik jihatdan shakllantiruvchi tizim ekanligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida,  shuningdek “Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni Ona vatanga muxabbat va sadoqat, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan yangi va ta’sirchan shakllarini ishlab chiqish va joriy qilish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 25 sentyabrdagi 829-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni ona vatanga muxabbat va sadoqati, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan va ustivor ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni aniqlab olishga va sog‘lom turmush tarzini joriy etishga xizmat qilgan;
shaxs ijodiy faoliyatida intellektual resursni milliy va umuminsoniy manfaatlar asosida ro‘yobga chiqarish va uning ilmiy qadriyatlar bilan integratsiyasini rivojlantiruvchi yo‘nalishlari hamda g‘oyalari asosida yoshlarda ilmiy-innovatsion fikrlashni shakllantirishga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli 2015-2017 yildagi “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzudagi loyiha doirasida chop etilgan “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmanining “Shaxs intellektual madaniyati va uni rivojlantirish masalalari” nomli 4-bobini tayyorlash va nashr etishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20019 yil 21 noyabrdagi 89-04-2635-son ma’lumotnomasi). Natijada nashr etilgan qo‘llanmaning “Shaxs intellektual madaniyati va uni rivojlantirish masalalari” nomli to‘rtinchi bobning mazmunan boyishiga va ilgari surilgan nazariy xulosalar hamda metodologik tavsiyalar yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan;
barkamol insonni shakllantirishda ma’naviy negiz sifatida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, demokratik omillarning ahamiyati, barkamol inson madaniyati rivojlantirishi bevosita ma’naviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq xolda amalga oshishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora tadbirlar dasturi 45-bandiga asosan yosh avlodning kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati hamda tanlovning 2019 yil 8 noyabr`dagi 01-07/-1714-son majlis bayoniga ilova bilan tasdiqlangan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi nizomini ishlab chiqishda hamda tanlovning 2019 yil 16-22 fevral` kunlari respublika bosqichini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 18 noyabrdagi 04-13/2745-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ilmiy ijodiy faoliyati jarayonida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish intellektual salohiyati hamda savodxonligini  oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish