Mirzaahmedova Yulduzxon Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilda genderni farqlovchi muloqot shakllari”, 10.00.11 – Til nvazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2017.3.PhD/Fi1288.    
Ilmiy rahbar: Shaxobitdinova Shoxidaxon Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Xamraeva  Shaxlo  Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi nutqning hamda muloqot vaziyatida ishtirok etuvchilarning gender xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matnning grammatik-gender, leksik va semantik-gender, lingvostilistik-gender imkoniyatlari hamda mulozamat, sir saqlash, bosiqlik, lutf, gender chegaralanganlikning muloqotda bo‘ysunuvchanlik, hissiyotlilik, mavzuda maishiylik – feminlik hamda muloqotda yetakchilik, keskinlik, mavzuda globallik – maskulinlik kabi mental xususiyatlari mavjudligi aniqlangan; 
gender aspektida tartibga solingan va spontan diskursda mavzu tanlanishi, suhbatdoshlarning muloqot jarayonidagi ierarxiyasi, verbal va noverbal ifoda – mimika, gavda harakatidagi gender farqlari, ayollar va erkaklar nutqining sintaktik qurilishida elliptik, gipotaktik, ko‘chirma konstruksiyalarning o‘rni, hissiyot, baho, tasdiq-inkorlarning semantik  tuzilish qoliplari aniqlangan;  
jins kategoriyasi bo‘lmagan tillarda ham ushbu mazmunni ifodalashning sintaktik, leksik, morfologik imkoniyatlari mavjudligi, o‘zbek tilida ayol va erkak so‘zlovchilar mavjud lisoniy vositalardan foydalanishda, asosan, leksik jihatdan farqlanishi dalillangan;
o‘zbek va boshqa tillarda muloqot qiluvchi erkak va ayollar nutqiy xulq-atvorining nutqning tezligi, miqdori, grammatik hamda lug‘aviy shakllanishi bilan bog‘liq stereotiplari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilda gender xoslangan muloqot shakllarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
til va nutqning farqlari, til birliklarining uzual va okkozional semantikasidagi o‘ziga xosliklar,  tilshunoslik  va boshqa fanlarning o‘zaro aloqalari,  amaliy tilshunoslik tamoyillari, tilning turli sathlari  birliklari amalini kuzatish kabi masalalar borasidagi ilmiy xulosalardan OT-F8-057 raqamli “O‘zbek tilini sistemaviy tadqiq etishning  metodologik asoslari,  metod va prinsiplarini shakllantirish” (2007-2011)  mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3386-son ma’lumotnomasi). Natijada tildagi gender unsurlarning ilmiy talqini va amaliy tahlili yangi bosqichga ko‘tarilgan; 
dunyo tillarida til birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, ularning shakliy - mazmuniy tuzilishidagi farqli va o‘xshash jihatlarni aniqlash, xususan, gender farqli birliklarning uslubiy, mazmuniy,  struktur hamda  vazifaviy o‘ziga xosliklari kabi masalalar tadqiqida, shuningdek, gender belgili murojaat shakllarining sotsiolingvistik, psixolingvistik xususiyatlariga oid xulosalardan  ITD-1-57 raqamli  “O‘zbek tilinig tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” (2012-2014 yy.) nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 89-03-2651-son ma’lumotnomasi). Natijada gender farqlangan birliklarning psixolingvistik va sotsiolingvistik jihatlari ochib berilgan;
dunyo tillarida til birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini ayol va erkaklar orasidagi nutqiy munosabatlarda ochib berish, ayollar va erkaklarning ijtimoiy mavqelarini, umuman madaniyat va insoniyat tarixini tadqiq etishga gender yondashuvda murojaat shakllarining sotsiolingvistik, psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganishdagi  nazariy xulosalaridan, shuningdek, fransuz va o‘zbek muloqot odati tendensiyalari qiyosiga doir natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma`rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati  tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida  (2021 yil mart va aprel` oylari) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio¬kompaniyasining 2021 yil 30 apreldagi 04-25-653-son ma’lumotnomasi). Natijada radio tinglovchilarning jahon  adabiyotida aks etgan muloqot madaniyati namunalaridan bahramand bo‘lishida ilmiylik mezoni ta`minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish