Bahodirova Feruza Bahodir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pragmatizm falsafasi va uning jamiyat innovatsion rivojlanishiga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal557.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlar doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori; Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pragmatizm falsafasining jamiyat innovatsion taraqqiyotiga ta’sir etuvchi xususiyatlari va qonuniyatlarini ochib berish hamda va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pragmatizm falsafasining genezisi va etnik asosi amerikacha mentalitet, ishchanlik, foyda olishga qaratilgan faollik, ishbilarmonlik va innovatsion faoliyat, konstruktiv hamkorlik, uyushqoqlik kabi unikal-funksional xususiyatlarga bog‘liqligi falsafiy jihatdan asoslangan;
pragmatizmning taraqqiyot drayveri vositasini o‘taydigan shaxsiy motivatsiya va intellektual tashabbuskorlik tamoyillari inson amaliy ehtiyojlari, yangilikka intilish, ijtimoiy faollikni oshirishda foydalilik, demokratiyaga ishonch, insonparvarlik komponentlariga tayanishi aksiologik rivojlanish  qonuniyatlari asosida ochib berilgan;
pragmatizmning inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion izlanishlar, ishchanlik va tadbirkorlik tafakkurining shakllanishi va rivojlanishining sinergetik darajalarini milliy mentalitet va muayyan millatga xos etnostereotiplarga mutanosib ravishda rivojlantirish xususiyatlari falsafiy jihatdan aniqlangan; 
“o‘zbek pragmatizmi”ning milliy brend, yangilikka intilish, ijodkorlik, ishbilarmonlik va intellektual tashabbuskorlik kabi kreativ belgilari innovatsion taraqqiyotda tafakkur fragmenlashuvi, ehtiyojlar deformatsiyasi va aksiologik rivojlanish qonunlar asosida modernizatsion transformatsiya orqali amalga oshirilishi falsafiy jihatdan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pragmatizm falsafasining genezisi, ijtimoiy-falsafiy muammolari va inson kapitalini faollashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
pragmatizm falsafasining genezisi va etnik asosi amerikacha mentalitet, ishchanlik, foyda olishga qaratilgan faollik, izlanishlar bilan bog‘liqligiga oid xulosalardan “Globallashuv asoslari” fani bo‘yicha nashr etilgan darslikning “Globallashuvning milliy rivojlanishga o‘tkazayotgan ta’siri va uning oqibatlari”, “Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi va milliy manfaatlar” deb nomlangan mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 89-03-206-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda pragmatik dunyoqarashni shakllantirish, samarali mehnat faoliyati bilan shug‘yllanish, dadil izlanishlar, innovatsion tafakkur hamda tadbirkorlik kobiliyatining rivojlanishiga xizmat qilgan; 
pragmatizmning ijtimoiy-falsafiy ta’limot sifatida insonning amaliy ehtiyojlari, yangilikka intilishi, “qiziquvchan sub’ekt”ligi, “faoliyat”, “faollik” va “qiziquvchan sub’ekt” kabi tushunchalarning talqinlari, ularning psixologik va aksiologik omillar bilan bog‘liq taklif va xulosalaridan “Yuksalish” umummilliy harakatining 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 1.10-bandi “Jamoatchilik kayfiyati” (fuqarolar nimalar haqida o‘ylayapti, nimalarni istashyapti, jamoatchilik fikri), 2.3-bandi “Davlat organlari qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kengashi vakillarini AQShda (Sietl) amaliyot o‘tashlarini tashkil etish”, 3.3-bandi “Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolari, shuningdek iqtisodiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish” ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2020 yil 23 dekabrdagi 02-20/578-son ma’lumotnomaci). Natijada, harakatning faoliyat samaradorligini oshirishga hamda aholining pragmatik, innovatsion tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilgan;
pragmatizm falsafasining inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion izlanishlar, ijtimoiy-amaliy maqsad, ishchanlik va tadbirkorlikni tadqiqot ob’ektiga aylantirgan ta’limot ekanligiga oid xulosalaridan  O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturining III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish; IV.“Ijtimoiy sohani rivojlantirish”  bandlarida belgilangan tadbirkorlik sub’ektlarining ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, investisiyaviy muhitni takomillashtirish, inson kapitalini rivojlantirish, jamiyatni intellektuallashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etish vazifalarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan amaliy tadbirlar, davra suhbatlari, aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlarida, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarda, “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021 yil 11 martdagi 01-27/217-son ma’lumotnomaci). Natijada, mamlakatimizda aholi o‘rtasida tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga, pragmatik tafakkurni shakllantirishga hamda  xalqimizda ishchanlik ruhini yuksaltirishga xizmat qilgan;
“o‘zbek pragmatizmi” tushunchasi ilmiy, praksiologik jihatdan ta’riflangan va O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uning pragmatik asoslari Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlarining tahliliga oid xulosa va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Investisiya – taraqqiyot omili”, “Fan ufqlari”, “Muvaffaqiyat sirlari” nomli radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 7 yanvardagi 04-25-222-son ma’lumotnomaci). Natijada, inson kapitalidan samarali foydalanish, shaxsdagi faollik va ijodiy kuchlarni jamiyatni modernizatsiyalash, innovatsion rivojlantirishga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik va ishbilarmonlik, intellektual izlanishlar, zamonaviy fikrlovchi kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish