Baymurzaev Azamat Dosmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatning sivilizatsion rivojlanish o‘ziga xosliklarining falsafiy-metodologik tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal557.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Berdimuratova Alima Qarlibaevna, falsafa fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaeva Maxbuba Nurillaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat rivojlanishida sivilizatsion yondashuvning metodologik baza sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari hamda nazariy va evristik imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postnoklassik fan bosqichida sivilizatsion yondashuvning jamiyat rivojini tadqiq etuvchi nazariyalardagi ratsional g‘oyalarni o‘zida sintezlashi orqali reallikni o‘rganishda turli nazariyalardan keng foydalanishi, ularni birlashtirishi kabi poliparadigmal tamoyillarni o‘zida ifoda etishi dialektik qonuniyatlar orqali isbotlab berilgan;
jamiyat rivojiga sivilizatsion yondashuv tomonidan taklif qilinayotgan ijtimoiy hayotni ishlab chiqarish prinsipi jamiyatning rivojlanishini belgilab beruvchi moddiy ishlab chiqarish bilan birgalikda tabiat va inson omillarining ham ta’sirini hisobga olishi orqali ijtimoiy taraqqiyotning xarakatga keltiruvchi mexanizmlarini chuqurroq tushunish imkonini berishi asoslangan;
sivilizatsion yondashuvga xos xilma-xillik va umumiy aloqadorlik prinsipining turli mintaqa jamiyatlari rivojlanishining demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy o‘ziga xosligi va umuminsoniyat taraqqiyotida ezgu va insonparvar qadriyatlar ustuvorligiga erishishga ta’sir etishi falsafaning deterministik qonuniyati orqali ochib berilgan;
jamiyatning sivilizatsion rivojlanishi inson qadri va erkinligi mezoni asosida kechishi ijtimoiy jarayonlardagi texnik-texnologik yondashuvning bir yoqlamaliligiga olib kelish xavfini bartaraf etishi falsafiy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatning sivilizatsion rivojlanish o‘ziga xosliklarining falsafiy-metodologik tahlilini amalga oshirish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyat rivojlanishida sivilizatsion yondashuvning poliparadigmal tamoyillarga (doimiy o‘zgarish, muqarrar to‘ldiruvchanlik) mos kelishi ijtimoiy-falsafiy qarashlardagi ratsional g‘oyalar sintezi orqali isbotlab berilgan nazariy mulohazalardan PZ-20170915198-raqamli “Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy tartiblarning transformatsiyasi: tarixi va amaliyoti” mavzuidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 25 dekabrdagi 281/1-son ma’lumotnomasi) Natijada, Qoraqalpoq xalqining an’analari va urf-odatlarining ijtimoiy hayotni ishlab chiqarish usulidagi o‘ziga xoslik bilan belgilanishi va mazkur o‘ziga xosliklar umumiy insoniyat jamiyatining tarkibiy qismi sifatida transformatsiyalanishuvining olib kelishiga xizmat qilgan;
jamiyat rivojiga sivilizatsion yondashuvning ijtimoiy hayotni ishlab chiqarish prinsipi asosidagi taraqqiyot mezoni tabiat, inson va moddiy ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikka oid xulosalar va tavsiyalardan A-1-163-raqamli “Demokratik jarayonlarda o‘zbek modelining konseptual masalalari tahlili va izchil rivojlanishining nazariy-metodologik asoslari” mavzuidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 89-03-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat rivojlanishini tadqiq etishda fanlar metodologiyasi masalalariga aniqlik kiritishga xizmat qilgan.
jamiyatning sivilizatsion rivojlanishi inson qadri va erkinligi mezoni asosida kechishi ijtimoiy jarayonlardagi texnik-texnologik yondashuvning bir yoqlamaliligiga olib kelish xavfini barataraf etishiga oid taklif va tavsiyalardan F-1-77-raqamli “Janubiy Orol dengizi mintaqasining ekologik holatini hisobga olgan holda O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqaviy strategiyasini ishlab chiqish” mavzuidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5594-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaning tabiiy va inson omillari ta’sirida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘ziga xosliklari inobatga olinishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishishiga xizmat qilgan;
sivilizatsion yondashuvga xos xilma-xillik va umumiy aloqadorlik prinsipining turli mintaqa jamiyatlari rivojlanishining o‘ziga xosligi va jahon xalqaro taraqqiyotiga ta’sir etishi falsafaning deterministik qonuniyati orqali aniqlanganligiga konseptual yondashuvlardan Qoraqalpog‘iston televideniesida tashkil etilgan “TV leksiya” dasturini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 28 dekabrdagi 01-02/301-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli o‘zgarishlar, jamiyatimizda demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini keng ommaga tushuntirishga xizmat qilgan.