Abduraxmonova Olmosxon Ilhomjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nishotiy munozaralarining matniy tahlili”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1892.
Ilmiy rahbar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Amonov Shermuhammad Normurotovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘z R FA Alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad Niyoz Nishotiyning “Husnu Dil” dostoni tarkibidagi munozaralar hamda mustaqil “Qushlar munozarasi” asarining matniy tadqiqini amalga oshirish va ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
munozara janridagi asarlarning paydo bo‘lishi, tarixiy taraqqiyoti,
yuzaga kelish sabablari aniqlanib, Nishotiy munozaralari janridagi asarlar turkumi aniqlanib, janrlar taraqqiyotidagi o‘rni misollar orqali asoslangan;
qo‘lyozma manbalar, tarixiy ma’lumotlardan “Husnu Dil” dostoni matni asosida shoir hayoti va ijodiga doir yangi ma’lumotlar (tug‘ilish sanasining asoslanishi, Buxoroga ketish sabablari, dostonning kimga bag‘ishlanganligi) ilk marta ilmiy istifodaga olib kirilgan;
Nishotiy munozaralariga oid mavjud qo‘lyozma manbalar doirasi muayyanlashtirilib, bir manba (156 raqam ostidagi qo‘lyozma)ning shu paytgacha xato tarzda kelayotgan (katalogda hijriy 1351, aslida hijriy 1301) sanasiga aniqlik kiritilgan va nusxalarning ilmiy, adabiy hamda matniy o‘ziga xosliklari ko‘rsatilib, matniy xatolarni tuzatishga oid ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
munozara janridagi asarlar matnidan tushirib qoldirilgan 56 misra tiklangan, Nishotiyning munozara janridagi barcha asarlarining yig‘ma-qiyosiy matni tayyorlanib, ularning to‘liq transkripsiyali varianti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nishotiy munozaralarining matniy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qadimgi folklor va turkiy yozma obidalar asosida yuzaga kelgan munozara janrining ko‘p asrlik taraqqiyotini tadqiq etish natijalari asosida munozara janrining Nishotiy ijodidagi namunalarining o‘zidan oldingi namunalariga tayanib qo‘lyozma matnlardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda ularning to‘g‘ri ilmiy matnlari yaratilishiga doir nazariy va amaliy xulosalardan Turkiya Jumhuriyati Karabuk universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti bo‘limining “Chig‘atoy turkiysi” (TED724), “Turk tili tarixi” I (TED109), “Turk tili tarixi” II (TED110), “O‘zbek adabiyoti” (TED323) darslarida foydalanilgan. (Karabuk universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti bo‘limining 2021 yil 28 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada talabalar Nishotiyning mumtoz so‘z san’atining namoyandasi ekani, munozaraning tadrij va takomili borasidagi bilim va tasavvurlari kengaygan;
folklor namunalarining lug‘aviy va istiloh ma’nolari, janr spesifikasi, genezisini o‘rganishga oid nazariy va amaliy xulosalar FA-F1.005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2021) mavzusidagi fundamental loyihaning folklor janriga oid qismida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 9 iyuldagi 17.01/145-son ma’lumotnomasi). Natijada “munozara” janrining tadrij va takomiliga oydinlik kiritilib, Nishotiy munozara janridagi asarlarning chog‘ishtirma-qiyosiy tahlili amalga oshishiga xizmat qilgan;
Nishotiy munozaralarining qo‘lyozma va nashr xususiyatlarini o‘rganish, matnlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish, munozaralar yig‘ma matnini tayyorlashning tamoyillarini ishlab chiqish, munozaralarning transkripsion matnini tayyorlash, tuzilgan tanqidiy matn asosida yuzaga keladigan yangi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot”, “Ochiq dars” ko‘rsatuvida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2021 yil 6 iyundagi 02-40-1135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan.