Kasimov Oybek Sadikjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent shahri zamonaviy turar-joy muhitini landshaft dizaynini shakllantirish», 17.00.05 – Dizayn nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/San28.
Ilmiy rahbar: Salimov Arifdjan Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Nazilov Dodo Avazovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Binafsha Nodir, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent shahri zamonaviy turar-joy muhitini landshaft dizaynining paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlarini aniqlash hamda landshaft muhitini shakllantirishning badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sharq mamlakatlari landshaft dizaynida e’tiqodiy qarashlar ta’sirida “tabiat insondan ustun” degan g‘oya asosida tabiiy shakllar  (suv, er, tosh va boshqalar) elementlariga e’tibor qaratilganligi, g‘arb bog‘-parklarida esa “inson tabiatdan ustun” degan falsafiy yondashuv asosida geometrik shakldagi landshaftlardan ko‘proq foydalanganilganligi dalillangan; 
temuriylar davri bog‘-park san’ati va arxitekturasida islom madaniyatining “jannat bog‘lari” (Paradise) kompozision echimi (dekorativ va mevali daraxtlar uyg‘unligi) ustunlik qilganligi, evropa landshaft dizayni modelining mahalliy madaniyat bilan uyg‘unlashuvi natijasida manzarali daraxtlardan keng foydalanish urfga aylanganligi asoslangan;
islom davri me’morchiligida landshaft dizayni o‘zining rejaviy kompozision echimlari, shakli, o‘lchami, xom ashyosi bilan bir-biridan ajralib tursa-da, ular suv ustida inshoot qurish g‘oyasi, chorbog‘ning to‘g‘ri o‘q asosida ariqlar va hiyobonlar yordamida to‘rt qismga bo‘linishi, fasllarga mos gullar, daraxtlar, butalar ekilishi va doimiy yashil hudud bilan ta’minlanishi kabi yagona g‘oya asosida shakllanganligi isbotlangan;
Toshkentdagi Bo‘zsuv va Chauli ariqlari oralig‘i umumiy tashqi halqasimon, ma’muriy-madaniy-ma’rifiy-savdo binolarini birlashti-ruvchi, radial-halqasimon, kvadrat va yakka tartibli uylarga mos landshaft dizaynlari kabi “bog‘-shahar” hududiy rejaviy echimlarida shakllanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent shahri zamonaviy turar-joy muhitining landshaft dizaynini  shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sharq mamlakatlari landshaft dizaynida e’tiqodiy qarashlar ta’sirida “tabiat insondan ustun” degan g‘oya asosida tabiiy shakllar  (suv, er, tosh va boshqalar) elementlariga e’tibor qaratilganligi, g‘arb bog‘-parklarida esa “inson tabiatdan ustun” degan falsafiy yondashuv asosida geometrik shakldagi landshaftlardan ko‘proq foydalanganilganligi kabi ma’lumotlardan Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozisiyasini tashkil etish va tarixiy binolarni modellashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 22 sentyabrdagi 261120-son dalolatnomasi). Natijada, Markaz muzeyi ekspozisiyasini takomillashtirishga erishilgan, mazmun-mohiyatini keng ochib berilgan, hamda sharq va g‘arb bog‘lari falsafasi taqqosiy tahlili misollar yordamida namoyon etilgan;
temuriylar davri bog‘-park san’ati va arxitekturasida islom madaniyatining “jannat bog‘lari” (Paradise) kompozision echimi (dekorativ va mevali daraxtlar uyg‘unligi) ustunlik qilganligi, evropa landshaft dizayni modelining mahalliy madaniyat bilan uyg‘unlashuvi natijasida manzarali daraxtlardan keng foydalanish urfga aylanganligi asoslanganligi kabi ma’lumotlardan “Sharq taronalari” X Xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladigan hududlarni badiiy bezashda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2018 yil 29 yanvardagi 03-09/447-2110-son dalolatnomasi). Natijada, muzey ekspozisiyasini faktologik materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirib, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
islom davri me’morchiligida landshaft dizayni o‘zining rejaviy kompozision echimlari, shakli, o‘lchami, xom ashyosi bilan bir-biridan ajralib tursa-da, ular suv ustida inshoot qurish g‘oyasi, chorbog‘ning to‘g‘ri o‘q asosida ariqlar va hiyobonlar yordamida to‘rt qismga bo‘linishi, fasllarga mos gullar, daraxtlar, butalar ekilishi va doimiy yashil hudud bilan ta’minlanishi kabi yagona g‘oya asosida shakllanganligi bo‘yicha olingan natijalardan “Inson-muhit-san’at-2019” II Toshkent Xalqaro amaliy san’at Biennalesi doirasida Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etilgan “Ilhomimsan, beqiyos Vatanim” nomli ko‘rgazmasi konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 89-06-196-son dalolatnomasi). Natijada, ko‘rgazma konsepsiyasini yaratish, ekspozisiya tashkil etish va amaliyotga tadbiq etishda dissertatsiyadagi amaliy taklif va xulosalar zamonaviy ekspozisiyani takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish