Ataxanova Ferza Zaxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy o‘zbek libos dizaynida an’analar va innovatsiya», 17.00.05 – Dizayn nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/San25 
Ilmiy rahbar: Kadirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash, PhD.38/09.07.2020. San.119.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Kultasheva Nigoraxon Daniyarovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XXI asr boshidagi zamonaviy o‘zbek libos dizaynining rivojlanish bosqichlarini, an’analar va innovatsiyalarning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan asosiy yo‘nalishlarini hamda o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini  ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ot-kutyur”, “pret-a-porte”, konseptual, sahnabop imidjni shakllantirishga mo‘ljallangan zamonaviy liboslar dizaynini tashkil etuvchi o‘zbekona falsafa, tunikasimon bichim, qavish, kashta, abrli matolar kabi an’anaviy, avangard uslublar, konstruksiyalarning zamonaviy bichimi, noan’anaviy ashyolar, print tushurish va lazerli perforatsiyalar kabi innovatsion jihatlarning o‘zaro ta’siri natijasida zamonaviy o‘zbek modasi fenomeni vujudga kelganligi isbotlangan;
global modadagi konstruktivizm, “n`yu-luk”, “minimoda”, “xippi”, neoromantika yo‘nalishlari konstruktiv chiziqlarning ortishi, bichimning murakkablashuvi, modabop detal` va bezaklarning paydo bo‘lishi, siluetning o‘zgarishi kabi o‘zbek an’anaviy libosidagi transformatsion jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan; 
an’anaviy libos ansamblini tashkil etuvchi ko‘ylak, yaktak hamda ustki kiyimlarning to‘g‘ri to‘rtburchak, trapesiyasimon silueti, tunikasimon bichimi, koketka detali, abrli an’anaviy badiiy gazlamalarni yaratish texnologiyasi, so‘zanalardagi naqsh elementlari, tabiiy bo‘yoqlardan hosil bo‘lgan ranglarning autentik uyg‘unligi kabi jihatlar zamonaviy o‘zbek modasining markerlariga aylanganligi asoslangan;
o‘zbek libos dizaynerlari faoliyatida an’anaviy va universal umumbashariy madaniyatlarning o‘zaro muloqoti sifatida jahon zamonaviy modasida vujudga kelgan “etno” yo‘nalish va uning elementlari yetakchilik qilganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek libos dizaynidagi an’ana va innovatsiyalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“ot-kutyur”, “pret-a-porte”, konseptual, sahnabop imidjni shakllantirishga mo‘ljallangan zamonaviy liboslar dizaynini tashkil etuvchi o‘zbekona falsafa, tunikasimon bichim, qavish, kashta, abrli matolar kabi an’anaviy, avangard uslublar, konstruksiyalarning zamonaviy bichimi, noan’anaviy ashyolar, print tushurish va lazerli perforatsiyalar kabi innovatsion jihatlarning o‘zaro ta’siri natijasida zamonaviy o‘zbek modasi fenomeni vujudga kelganligi bo‘yicha olingan xulosalardan “Yoshlar modasi va dizayni” festivali doirasidagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2017 yil 1 martdagi 03-09/118-370-son dalolatnomasi). Natijada yosh dizaynerlarning ijodiy loyihalaridagi etno-uslubdan tortib to avangard yo‘nalishigacha bo‘lgan turli uslublarlardagi libos kolleksiyalarida qo‘llaniladigan siluet, bichim, matolar, konstruktiv va dekorativ echimlar, texnologik usullar, konsepsiyalar tahlil etilishi va tizimlashtirilishi uchun faktologik materiallar va ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi ta’minlangan, zamonaviy o‘zbek libos dizayniga oid ma’lumotlarning mazmun mohiyatini ilmiy boyitish imkoniyati yaratilgan;
global modadagi konstruktivizm, “n`yu-luk”, “minimoda”, “xippi”, neoromantika yo‘nalishlari konstruktiv chiziqlarning ortishi, bichimning murakkablashuvi, modabop detal` va bezaklarning paydo bo‘lishi, siluetning o‘zgarishi kabi o‘zbek an’anaviy libosidagi transformatsion jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, an’anaviy libos ansamblini tashkil etuvchi ko‘ylak, yaktak hamda ustki kiyimlarning to‘g‘ri to‘rtburchak, trapesiyasimon silueti, tunikasimon bichimi, koketka detali, abrli an’anaviy badiiy gazlamalarni yaratish texnologiyasi, so‘zanalardagi naqsh elementlari, tabiiy bo‘yoqlardan hosil bo‘lgan ranglarning autentik uyg‘unligi kabi jihatlar zamonaviy o‘zbek modasining markerlariga aylanganligi kabi natijalar “Nafosat” festivali kunlarida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 21 maydagi 03/17-1611-son dalolatnomasi). Natijalar aholi orasida o‘zbekona zamonaviy kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, yoshlar orasida zamonaviy kiyinish etiketini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek libos dizaynerlari faoliyatida an’anaviy va universal umumbashariy madaniyatlarning o‘zaro muloqoti sifatida jahon zamonaviy modasida vujudga kelgan “etno” yo‘nalish va uning elementlari yetakchilik qilganligi bo‘yicha olingan xulosadan “Nafosat” festivali doirasidagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 21 maydagi 03/17-1611-son dalolatnomasi). Natijalar ishlab chiqaruvchilar va hunarmandlar, dizaynerlarning o‘zbek modasini rivojlantirish bo‘yicha kelajakdagi faoliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘ziga xos konsepsiyalar yaratilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish