Nishanova Kamola Solijonning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX-XXI asrlarda O‘zbekiston badiiy muzeylarining rivojlanish tendensiyalari», 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/San22.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi,  PhD.08/09/07/2020.San.118.01. 
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaeva Shaxlo Kurbanburievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxiri va XXI asr boshlarida O‘zbekistonda badiiy muzeylar faoliyatidagi takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrda knyaz` N.K.Romanovning shaxsiy kolleksiyasi asosida O‘zbekistonda birinchi badiiy muzeyning tashkil etilganligi, etnograf olim M.S.Andreevning tashabbusi bilan “Polovsev uyi” muzeyga aylanganligi, rassom I.V.Saviskiyning to‘plagan noyob san’at asarlari “Sahrodagi Luvr” maqomiga ega bo‘lganligi aniqlangan; 
bugungi kunda muzeylar faqat faktik tashrifchilarga xizmat ko‘rsatib, potensial va virtual auditoriyaning talab va takliflari, qiziqishlari e’tiborga olinmaganligi, ekskursiya paketlari ishlab chiqilmaganligi aniqlanib, muzey auditoriyasi bilan ishlashda standart metodlardan tashqari raqamli servis orqali podkast, chat-botlarda viktorinalar, onlayn vebinarlar, AR-niqoblar, vorkshop imkoniyatlaridan foydalanishning konseptual loyihasi ishlab chiqilgan; 
XVI asrdan boshlab Evropada muzeylar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi bilan dastlab muhofizlar, ekskursovodlar, XIX asr oxiri XX asr boshida ilmiy xodimlar, restavratorlar, XX asr o‘rtalaridan muzey pedagoglari, XX asr oxiriga kelib muzey menejeri va marketologi, ekspozisiya dizayneri kabi kasblar bosqichma-bosqich shakllanganligi aniqlangan;
san’at asarlarini jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, ommalashtirish va targ‘ib etishda O‘zbekiston badiiy muzeylarini rebrending qilish, yillar davomida muzey zahiraxonalarida saqlanayotgan muzey ashyolarini brendga aylantirish, buning natijasida muzey aydentikasini takomillashtirish imkoniyati asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX-XXI asrlarda O‘zbekiston badiiy muzeylarining rivojlanish bosqichlarini o‘rganish yuzasidan olingan quyidagi ilmiy natijalar asosida:
muzeylarda ekspozisiya – ko‘rgazma faoliyatini rivojlantirish, muzey fondlarini saqlash va komplektlash masalalari O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining yangi ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish va ekspozisiyani yangilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 01-11-08-4077-son dalolatnomasi). Natijada, yaratilgan konsepsiya asosida zamonaviy ekspozisiya materiallari takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda badiiy muzeylarning  shakllanishi va rivojlanish istiqbollariiga oid ilmiy natijalardan YuNESKOning «Muzeylar boshqaruvida o‘quv dasturlarini amalga oshirish» loyihasi doirasida 2015 yil nashrga tayyorlangan darslik mavzularini yoritishda hamda Muzeyshunoslik yo‘nalishi bakalavriat bosqichiga mo‘ljallangan «Jahon muzeyshunosligi» o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2018 yil 5 dekabrdagi 0309/430-1983-son dalolatnomasi). Natijalar, muzey kommunikatsiyasi, menejmenti va marketingi bilan bog‘liq mavzularni tayyorlash, birlamchi manbalar asosida boyitish, muzey ishi asoslari hamda tarixiy-nazariy masalalari borasida ilmiy xulosalarni kengaytirishda qo‘llanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish