Boltaev Zafar Ixtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zgaruvchan qalinlikdagi plastinkasimon va silindrik qovushqoq-elastik qobiqlarda to‘lqin tarqalishi xususiyatlari”, 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DS/FM119.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Ismoil Ibrohimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik–texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mavlanov To‘lqin Mavlonovich – texnika fanlari doktori, professor; Kudaykulov Anarbay Kudaykulovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dissipativlik xususiyatlariga ega to‘lqin o‘tkazgichlardagi dinamik jarayonlarni o‘rganish masalalarining echish metodikasi va algoritmini ishlab chiqish hamda o‘zgaruvchan qalinlikli qovushqoq–elastik plastinkasimon va qobiqsimon jismlarda to‘lqin tarqalishi nazariyasini rivojlantirish, ilmiy asosini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan ko‘ndalang kesimli uzun plastinkasimon va fazoviy buylama yoriqli qovushqoq-elastik silindrik jismlarda to‘lqin dinamikasi jarayonlarini o‘rganish muammosini echish metodikasi va algoritmi deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi va matematik fizika fanlarining usullariga asoslanib ishlab chiqilgan hamda kompleks funksiyalar nazariyasiga  asosan  takomillashtirilgan; 
uzun plastinkada to‘lqin tarqalishida ortogonallik shartlari bajarilmasligi sababli matematik fizika usullarini qo‘llashdagi cheklovdan qutilish maqsadida biortogonallik sharti keltirib chiqarilgan va o‘zgaruvchan qalinlikli plastinkada to‘lqin tarqalishi masalasi kompleks sohada o‘zaro qo‘shma spektral masalaga keltirilgan;
kompleks sohada o‘zgaruvchan qalinlikli plastinka uchun qo‘yilgan spektral masalani Kirxgof-Lyav va Timoshenko S.P. gipotezalari uchun alohida-alohida echish orqali, sonli natijalar asosida kompleks faza tezligi  kichik to‘lqin soni sohasida 5% ga, katta to‘lqin soni sohasida esa 20% ga farq qilishi topilgan; 
o‘zgaruvchan qalinlikli qovushqoq-elastik plastinkaning qirrasidagi burchagi 280 gacha bo‘lganda Kirxgof-Lyav va Timoshenko S.P. gipotezalari bo‘yicha olingan sonli natijalar va variatsion usul asosida olingan echim 10% farq bilan ustma-ust tushishini aniqlash asosida o‘zgaruvchan qalinlikli plastinka uchun kichik to‘lqin soni sohasida Kirxgof-Lyav va Timoshenko S.P. gipotezalarini qo‘llash oralig‘i aniqlangan;
o‘zgaruvchan qalinlikli plastinkaning variatsion  usul asosida olingan spektral masalasini (Kirxgof-Lyav va Timoshenko S.P. gipotezalarini qanoatlantiruvchi) ishlab chiqilgan metodika asosida echganda plastinkada to‘lqin tarqalish tezligining haqiqiy va mavhum qismlari o‘zgarmas songa intilishi hamda Puasson koeffisientiga kuchsiz (2-3%) bog‘liq bo‘lishi topilgan;
bo‘ylama radial yoriqli qovushqoq-elastik silindr va pona ko‘rinishidagi ko‘ndalang kesimli silindirsimon jism uchun sonli natijalar asosida uning o‘qi bo‘ylab yig‘iladigan harakat faza tezligining haqiqiy qismi mavjud bo‘lmasligi, ponaning uchida esa faza tezligi Reley to‘lqini tezligiga yaqin bo‘lgan qirra to‘lqini hosil bo‘lishi aniqlangan;
o‘zgaruvchan qalinlikdagi silindrik panelda to‘lqin tarqalishida kompleks faza tezligining egrilik radiusiga bog‘liqlik darajasi K=  va K=  hollar uchun qiyosiy baholangan va egrilikning oshishi bilan energiya dissipatsiyasining ortishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotdagi qovushqoq-elastik mexanik sistemalarda to‘lqin tarqalishi nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash uslullari va algoritmi bo‘yicha olingan natijalari asosida:
bino va inshootlarni loyihalashda fundament joylashgan qattiq qatlamning qalinlik bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladigan konstruksiyalarda tarqaladigan seysmik to‘lqinlarning kinematik parametrlari va koeffisientlarini hisoblashda Buxoro “Uzjamoaloyiha” MChJ korxonasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 27 fevral` 2020 yil, 1903/09-07 sonli ma`lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kichik chastotali to‘lqinli sohada parametrlarni tanlash hisobidan inshootlarda titrashlarning rezonans holatini 18% gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
inshootlarni loyihalashda fundamentlarning qalinlik bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lishi unda to‘lqin dissipatsiyasi intensiv bo‘lish samarasidan “Uzjamoaloyiha” MChJ korxonasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 27 fevral` 2020 yil, 1903/09-07 sonli ma`lumotnomasi). Ishlab chiqilgan kuchlanishlar epyurasi nazariy tahlilidan foydalanib fundamentda maksimal kuchlanishlar paydo bo‘ladigan kesimlarda mustahkamlikni 1.18 marta oshirish ta’minlangan.
Kirxgof-Lyav va Timoshenko gipotezalarni hisobga oluvchi ishlab chiqilgan metodikadan Namangan muhandislik–qurilish institutining F – 4-23 raqamli «Elastiklik nazariyasining dinamik masalasi uch o‘lchovli bo‘lak-bo‘lak jinslardan iborat bo‘lgan uzluksiz yarim fazoda harakatlanuvchi yukdan hosil bo‘ladigan to‘lqinlarning tarqalishi» mavzusidagi fundamental loyihasida (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 19 mart 2020 yil 89-03-1173 son ma’lumotnomasi) kuchlanishlar va deformatsiya holatini qobiqli konstruksiyalarni hisoblashlarda foydalanilib, xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasi oddiy birinchi differensial tenglamalar sistemasiga keltirilgan;
silindrik konsruksiyalar dinamik holatini hisoblash usullaridan Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan amaliy A-14-010. «Razrabotka effektivnix metodov isledovaniya malotsiklovoy prochnosti i dinamiki sostavnix obolochechnix konstuksiy tipa sesterni pri razlichnix vidax nagrujeniy» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 19 mart 2020 yil 89-03-1173 son ma’lumotnomasi) sistemada hosil bo‘ladigan energiya dissipatsiyasini hisobga olish natijalaridan foydalanib to‘lqinni so‘ndirish imkoniyati yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish