Xolxodjaev Boxodir Asatullaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik ob’ektlarni boshqarish sistemalarida noaniq kirish ta’sirlarini turg‘un tiklash algoritmlari», 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T197
Ilmiy rahbar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarov Zoxid Ergashbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik ob’ektlarni boshqarish sistemalaridagi noaniq kiruvchi ta’sirlarni turg‘un tiklash algoritmlari va hisoblash sxemalarini ishlab chiqish hamda ularni amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kirish ma’lumotlarining aniqligi bo‘yicha ekvivalent sinfdagi signallarni tiklashning muntazamlashtirilgan algoritmlarini shakllantirish imkonini berishi bilan ma’lumlaridan farq qiluvchi qoldiqni eng kichik baholash usuli asosida noma’lum signallarni baholashning turg‘un algoritmlarini shakllantirish va qurish algoritmlari ishlab chiqilgan;
qidirilayotgan echimlarning yaqinlashishiga imkon beruvchi ma’lumlaridan farq qilishi bilan ajralib turuvchi variatsion tengsizliklar asosida dinamik sistemalarning kirish ta’sirlarini turg‘un tiklash algoritmlari ishlab chiqilgan;
stoxastik ob’ektlar holatini baholashda matrisani ag‘darish protsedurasini barqarorlashtirish imkoni beruvchi dinamik fil`trlash usullari asosida boshqariluvchi tizimlarda noma’lum kirish ta’sirlarini turg‘un tiklash algoritmlari ishlab chiqilgan;
g‘alayonlar mavjudligida kirish ta’sirlarini topish aniqligini oshirish imkonini beruvchi rekurrent tipdagi bevosita sonli tahlil usullari yordamida noaniqlik sharoitida kirish ta’sirlarini tiklash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Texnologik ob’ektlarni boshqarish sistemalaridagi noaniq kiruvchi ta’sirlarni turg‘un tiklash yakunida olingan natijalar asosida:
xatolikni eng kichik baholash usuli asosida noaniq signallarni turg‘un baholash algoritmlarini shakllantirish va qurish algoritmlari «Navoiy IES» AJda joriy qilingan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2020 yil 29 dekabrdagi 02-20/3360-son ma’lumotnomasi). Natijada, “havo sarfi – aeroaralashmasi harorat” kanali orqali qozon qurilmasining kirish ma’lumotlari aniqligi bo‘yicha ekvivalent sinfida signallarni tiklashni muntazamlashtirilgan algoritmlarini shakllantirish imkonini bergan;
muntazamlashtirishning operatorli usuli yordamida variatsion tengsizliklar asosida dinamik sistemalarning kirish ta’sirlarini turg‘un tiklash algoritmlari «Navoiy IES» AJda joriy qilingan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2020 yil 29 dekabrdagi 02-20/3360-son ma’lumotnomasi). Natijada, agoritmlar qidirilayotgan echimlarning yaqinlashishini ta’minlashga va rostlagich parametrlarini hisoblash aniqligini oshirish imkonini bergan;
dinamik fil`trlash usullari asosida boshqariladigan tizimlarda noma’lum kirish signallarini turg‘un tiklash algoritmlari «Navoiy IES» AJda joriy qilingan («Issiqlik elektr stansiyalari» AJning 2020 yil 29 dekabrdagi 02-20/3360-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmlar ob’ekt parametrlari buzilganda holat vektorining rost bahosini aniqlash aniqligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish