Yunusov Oybek Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jo‘xori (Sorghum vulgare (Pers.)) va Afrika qo‘nog‘i (Pennisetum glaukum (L.) R.Br) turli nav namunalarining sho‘rlangan tuproq sharoitidagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B401.
Ilmiy rahbar: Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Xamraev Nurbek Ulug‘bekovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat univesiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproq sharoitida jo‘xori va Afrika qo‘nog‘i navlari hamda introduksiya qilingan nav namunalarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproq sharoitida jo‘xori va Afrika qo‘nog‘i navlari va liniyalarining fiziologik, biokimyoviy va galoakkumulyativlik ko‘rsatkichlari hamda barg yuza sathining boshqa belgilar bilan korrelyasion bog‘langanlik hamda determinatsiyalanganlik darajasi aniqlangan;
ilk bor Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproq sharoitida jo‘xori va Afrika qunog‘i yangi navlari va liniyalarining vegetatsiya davrida o‘sish jadalligi, biokimyoviy ko‘rsatkichlari hamda mahsuldorligi isbotlangan;
ilk bor Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproq sharoitida jo‘xori va Afrika qo‘nog‘i yangi nav va liniyalarining galoakkumulyativlik xususiyatlari aniqlangan;
Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan tuproq sharoitida jo‘xori va Afrika qo‘nog‘i yangi navlarining ozuqaviylik xususiyatlari, ozuqabop ekin sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jo‘xori (Sorghum vulgare (Pers.)) va Afrika qo‘nog‘i (Pennisetum glaukum (L.) R.Br) turli nav namunalarining sho‘rlangan tuproq sharoitidagi fiziologik va biokimyoviy xususiyatini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jo‘xorining Qorabosh va Daulet navlari, Afrika qo‘nog‘ining Xashaki-1 navi Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Avazbek Ma’murov”fermer xo‘jaligi va “Energo nasl chorva” MChJda jami 20 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 2 martdagi 02/027-883-son ma’lumotnomasi). Natijada, jo‘xorining Qorabosh va Daulet navlari gektariga 80-85 ming don ekilganda ushbu ekinlardan yuqori hosil olish imkonini bergan;
jo‘xorining L-1, L-2 va afrika qo‘nog‘ining L-3 liniyalari №S-A-2018-005 “Sho‘rga chidamli o‘simliklar genofondini boyitish, saqlash, reproduksiya olish va undan ishlab chiqarishda foydalanishni yo‘lga qo‘yish” amaliy loyihasida fiziologik, biokimyoviy va galoakkumlyativ xususiyatlarini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 23 apreldagi 01/03-1195 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu liniyalar seleksiya ishlarini olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish