Anorboev Amiriddin Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu274.
Ilmiy rahbar: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu/74.01.
Rasmiy opponentlar: Inagamdjanova Zumratxon Fatxullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlarini tahlil qilish, kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat idoralari va tashkilotlarning dasturiy ta’minotlari, ma’lumotlar bazalari, shu jumladan operatsion tizimlarining axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ularni majburiy ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini joriy etish asoslab berilgan;
veb-sayt foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan sharhlar matnida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlarda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan cheklanadigan ma’lumotlar aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborilishi asoslantirilgan;
karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet tarmog‘i orqali tarqatish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash asoslab berilgan;
pornografik, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlarini bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Respublikamizdagi barcha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarining axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizasi tizimini joriy etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF–6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-2022 yillarda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning 28-bandida o‘z ifodasini topgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 32-8/4040-son, 2021 yil 18 fevraldagi 32-8/1190-son va 2021 yil 26 fevraldagi 32-8/1451-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat idoralari va tashkilotlarining axborot tizimlarining majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi orqali ularning kiberxavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan;
veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini belgilash zarurligi haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining «Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil  5 sentyabrdagi 707-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2020 yil 23 dekabrdagi 807-son qarorining 2-bandi va ilovasida o‘z ifodasini topgan (Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 fevraldagi 12/21-04-son hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 32-8/1190-son va 2021 yil 26 fevraldagi 32-8/1451-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy qilinishi butunjahon internet tarmog‘iga joylashtirilayotgan noqonuniy ma’lumotlarning o‘z vaqtida uni tarmoqqa joylashtirgan shaxs tomonidan olib tashlanishi zarurligiga oid munosabatlarning lozim darajada tartibga solib qo‘yilishiga xizmat qilgan.
Pandemiya sharoitida aholi o‘rtasida turli xil vaxima va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotlarning cheklanishini ta’minlash maqsadida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha jinoiy javobgarlikni belgilash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2445-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 apreldagi 06/1-05/1087-son hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 32-8/4040-son, 2021 yil 18 feraldagi 32-8/1190-son  va 2021 yil 26 fevraldagi 32-8/1451-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy qilinishi pandemiya sharoitida karantin haqidagi ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berilishining oldini olishga xizmat qilgan;
pornografik va zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni mahsulotni telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish uchun javobgarlikni belgilash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130 va 1301-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 22 apreldagi 06/1-05/1087-son hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 32-8/4040-son, 2021 yil 18 feraldagi 32-8/1190-son  va 2021 yil 26 fevraldagi 32-8/1451-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning joriy qilinishi pornografik  va zo‘ravonlik tusidagi mahsulotlarning tarqatilishi va noqonuniy foydalanilishining oldini olishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish