Xodjaev Sarvar Faxreddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy noan’anaviy o‘simlik moylaridan foydalanib, dietik quyma margarin olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash va qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1290.
Ilmiy rahbar: Akramova Ra’no Ramizitdinovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Obidjon Qodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Qarshi yog‘-ekstraksiya» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy o‘simlik moylari yordamida dietik quyma margarinlarni olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olinadigan margarin mahsulotlari emul`siyasining barqarorligiga suv miqdorining ta’siri aniqlangan;
mahalliy mol yog‘i, paxta pal`mitini va soya moyining mos ravishda 20:20:60, 10:20:70 va 10:10:80 nisbatlari asosida dietik quyma margarin ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan;
margarin barqarorligini oshirish uchun emul`gator sifatida mahalliy soya lesitinlari hamda paxta moyi va mol yog‘i asosida olingan mono- va digliseridlardan foydalanish imkoniyati aniqlangan;
dietik quyma margarinlarning qatlamga ajralishga barqarorligini oshiruvchi emul`gator kompozisiyalarining tarkibiy qismi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishlab chiqilgan emul`gator kompozisiyalarini qo‘llab, dietik quyma margarinlar olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy soya moyi asosida lesitin olish texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 10 sentyabrdagi OZ/3-484-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatbaho import mahsulotlari o‘rnini bosuvchi mahalliy soya moyi asosida lesitin olish imkonini bergan;
paxta moyi va mol yog‘ini gliserin bilan gliseroliz qilish usuli yordamida mono- va digliseridlar olish texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 10 sentyabrdagi OZ/3-484-son ma’lumotnomasi). Natijada, mono- va digliseridlar aralashmalarini ishlab chiqarish va ulardan emul`gator sifatida foydalanish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan emul`gator kompozisiyalarini qo‘llab, dietik quyma margarin ishlab chiqarish texnologiyasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 10 sentyabrdagi OZ/3-484-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinadigan emul`gator o‘rniga ishlab chiqilganni qo‘llash va uning sarfini 10-20%ga kamaytirish imkonini bergan.