Nazirov Zulqaynar Sharopovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kimyo sanoati uchun suvni tayyorlashda ionitlarning olinishi va qo‘llanilish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.Ph.D/T2056.
Ilmiy rahbar: Turobjonov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Erkinovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polikodensatsion turdagi ionitlar olish va suv tayyorlash hamda rangli metall ionlarini ajratish texnologiyasini yaratish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
furfurolning difenilamin bilan 1:1 mol` nisbatda dimetilformamidli erituvchi ishtirokida 100 - 110 S haroratda monomerlar umumiy massasiga nisbatan 3 - 5 % L`yuis katalizatori qo‘shib polimer matrisasi yaratilgan va polikodensatsiya reaksiyasi maqbul sharoitlari aniqlangan;
fosforillovchi agent orqali fosfatli guruhlar polimer matrisasiga kiritish sharoitlari 70 - 75 S haroratda katalizator ishtirokida olib borilganda, aminofosforli amfoter ionit hosil bo‘lishi isbotlangan;
olingan amfoter ionitning suv tarkibidagi kal`siy, magniy kabi metall ionlarini sorbsiyalashi, dinamik sharoitda suvni tuzsizlantirishi 70 - 80 % ni tashkil etishi aniqlangan;
kationit shaklida kislorod atomidagi umumlashmagan elektron juftlari, rux, mis, nikel`, kobal`t kabi og‘ir metall ionlarining d-elektron pog‘onachalaridagi bo‘sh orbitallar bilan donor-akseptor bog‘larni hosil qilishi asoslangan;
polikodensatsion turdagi ionitlar ishlab chiqarish va suvni tayyorlash hamda rangli metall ionlarini ajratish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Furfurol va difenilamindan aminofosfat va aminosul`fatli polikondensatsion ionitlar ishlab chiqish, sorbsion xossalarini va qo‘llash sohalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
furfurol va difenilaminning polikondensatlanish mahsuloti aminosul`fatli amfoter ionit «MuborakGQIZ»da amaliyotga joriy qilingan («Maxsusenergogaz» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 10-iyunidagi 04/06-880-son ma’lumotnomasi). Natijada, Quyi-Mozor suv omboridan keladigan suvlarni yumshatib, tozalash samaradorligi 2,3 - 2,4 martta oshirish imkonini bergan;
furfurol va difenilaminning polikondensatlanish mahsuloti aminosul`fatli amfoter ionit «MuborakGQIZ»da amaliyotga joriy qilingan («Maxsusenergogaz» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 10-iyunidagi 04/06-880-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik suvlarni kal`siy, magniy, mis ionlaridan tozalashda qo‘llaniladigan import qilinuvchi KU-2-8 kationitini almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish