Xosiyatov Xurshid Otaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida O‘zbekistonning janubiy viloyatlari muzeylari shakllanishi va faoliyati tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.2. PhD/Tar 104.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Dilafruz Abdirashidovna, tarix fanlari doktori; Xushvaqtov Nabi Olimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida O‘zbekistonning janubiy viloyatlari muzeylarining shakllanishi va faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida muzeylarning shakllanish va rivojlanish jarayoni bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar (1990-yillar o‘rtalarigacha), davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning tanqisligi (1994-2008 yillar) va muzeylarning yuridik tashkilot sifatida shakllanishi, nodavlat muzeylar, uy muzeylarining yaratilishi (XXI asrning 2-o‘n yilligi) kabi uch bosqichda kechganligi aniqlangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida muzeylarning o‘z funksiyasiga moslashtirilmagan binolarda joylashuvi muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
muzeylar faoliyatidagi boshqaruv bir nechta muassasalar tomonidan olib borilganligi, davlat muzeylariga byudjet mablag‘lari ko‘p hollarda faqatgina muzey faoliyatini saqlab turish va ta’mirlash ishlari uchun ajratilganligi, natijada muzeylar xizmatlarining sifati zamonaviy talablarga va xalqaro standartlarga javob bermaganligi dalillangan;
muzeylarda malakali mutaxassis kadrlarning etishmasligi, hududda turizm infratuzilmasining rivojlanmaganligi, jahonning mashhur muzeylari bilan hamkorlik aloqalari, xorijda tajriba almashish va malaka oshirish xizmatlari sust bo‘lganligi kabilar ekspedisiyalar tashkil etish, eksponatlarga ishlov berish, ularni zamonaviy jihozlar bilan boyitish va servis xizmatini yaxshilash jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning oxiri- XXI asrning boshlarida O‘zbekistonning janubiy viloyatlari muzeylari shakllanishi va faoliyati tarixini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar asosida:
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida muzeylarning shakllanish va rivojlanish jarayoni bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar (1990-yillar o‘rtalarigacha), davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning tanqisligi (1994-2008 yillar) va muzeylarning yuridik tashkilot sifatida shakllanishi, nodavlat muzeylar, uy muzeylarining yaratilishi (XXI asrning 2-o‘n yilligi) kabi uch bosqichda kechganligi, mustaqillikning dastlabki yillarida muzeylarning o‘z funksiyasiga moslashtirilmagan binolarda joylashuvi muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, muzeylar faoliyatidagi boshqaruv bir nechta muassasalar tomonidan olib borilganligi, davlat muzeylariga byudjet mablag‘lari ko‘p hollarda faqatgina muzey faoliyatini saqlab turish va ta’mirlash ishlari uchun ajratilganligi, natijada muzeylar xizmatlarining sifati zamonaviy talablarga va xalqaro standartlarga javob bermaganligi kabi xulosalardan Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining bo‘limlaridagi eksponatlardan ko‘rgazmalar tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 4 martdagi 05-12-08-1182-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotida muzeylar hal qiluvchi sohalardan biri ekanligini asoslab berish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida muzeylar tizimidagi keng qamrovli islohotlar va ularning natijalari, muzeylar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bu maskanlarda ko‘rgazmalarni tashkil etish muammolari, soha bo‘yicha xalqaro aloqalar to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining Qashqadaryoda muzeylar tizimidagi islohotlarning natijalariga bag‘ishlangan ko‘rsatuvida hamda 2020 yil 4 iyul` kuni efirga uzatilgan “Meros” nomli radioeshittirishining dasturiy ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 25 fevraldagi 04-15/402-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlar va radiotinglovchilarning O‘zbekistonda muzeylar faoliyati va sohadagi islohotlar to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.