Inoyatov Azizxo‘ja Xayrulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom Buxoriyning “al-Jome’ as-Sahih” asaridagi tafsir ilmiga oid qarashlari”, 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Isl18.
Ilmiy rahbar: Uvatov Ubaydulla Muradovich, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashxodjaev Haydarxon Xashimxonovich, tarix fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Imom Buxoriyning “al-Jome’ as-sahih” asaridagi Qur’on tafsiriga oid qarashlarini yoritib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyuk muhaddis Imom Buxoriy “al-Jome’ as-sahih” hadislar to‘plamiga ilk bor Qur’on oyatlarini sharhlashga bag‘ishlangan “Kitob at-tafsir”    (كتاب التفسير)ni kiritgani, bu esa keyingi hadis majmualarida an’ana sifatida davom etgani dalillangan;
IX asrda ta’lif etilgan ishonchli hadis to‘plamlari orasida faqat “al-Jome’ as-sahih”da Qur’oni karimning barcha – 114 surasiga alohida to‘xtalib o‘tilgani, Imom Buxoriy zamondoshlari – Imom Dorimiy, Imom Muslim, Imom Termiziy kabi mashhur muhaddislarning hadis kitoblarida ayrim suralarning tafsiri va fazilatlariga oid xabarlar zikr qilingani aniqlangan;
Imom Buxoriy Qur’on oyatlari sharhlari bilan shug‘ullangan va tafsirga oid hadislarni jamlagan 50 ga yaqin muhaddislardan o‘z shartlariga muvofiq kelgan faqat 12 nafar Iroq, Hijoz va Shom roviylarining hadislarini “al-Jome’ as-sahih”ning “Tafsir kitobi”ga kiritgani asoslangan;
Imom Buxoriy banda amalini imonning shartlaridan biri sifatida sanashi, amalsiz insonni dinsiz hisoblamaslik borasidagi qarashlari moturidiylik ta’limoti bilan mushtarakligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Imom Buxoriyning “al-Jome’ as-sahih” asaridagi tafsir ilmiga oid qarashlari tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
buyuk muhaddis Imom Buxoriy “al-Jome’ as-sahih” hadislar to‘plamiga ilk bor Qur’on oyatlarini sharhlashga bag‘ishlangan “Kitob at-tafsir” (كتاب التفسير)ni kiritgani, bu esa keyingi hadis majmualarida an’ana sifatida davom etgani dalillangani to‘g‘risidagi xulosalar “Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 3 iyuldagi 02/180-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek xalqining Imom Buxoriy boy ilmiy merosi haqidagi xabardorligi oshirilgan hamda sof islom ta’limoti haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish imkonini bergan;
IX asrda ta’lif etilgan ishonchli hadis to‘plamlari orasida faqat “al-Jome’ as-sahih”da Qur’oni karimning barcha – 114 surasiga alohida to‘xtalib o‘tilgani, Imom Buxoriy zamondoshlari – Imom Dorimiy, Imom Muslim, Imom Termiziy kabi mashhur muhaddislarning hadis kitoblarida ayrim suralarning tafsiri va fazilatlariga oid xabarlar zikr qilingani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Mir Arab oliy madrasasi uchun “Tafsir”, “Hadis” va “Qur’on ilmlari” kabi fanlarining o‘quv rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020 yil 27 iyuldagi 1553-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar diniy sohaga oid muhim savollariga asoslantirilgan javoblar olishida hamda Qur’on, hadis va tafsir ilmlarini chuqur o‘zlashtirishida muhim ahamiyat kasb etgan;
Imom Buxoriy Qur’on oyatlari sharhlari bilan shug‘ullangan va tafsirga oid hadislarni jamlagan 50 ga yaqin muhaddislardan o‘z shartlariga muvofiq kelgan faqat 12 nafar Iroq, Hijoz va Shom roviylarining hadislarini “al-Jome’ as-sahih”ning “Tafsir kitobi”ga kiritgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosidagi “Termiziy allomalarga doir qo‘lyozmalar katalogi”ni chop etishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020 yil 28 iyuldagi 305-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar orasida Imom Termiziyning ustozi Imom Buxoriyning hadis ilmi bilan bir qatorda tafsir ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi haqida to‘liq ma’lumot olish, ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganishga qiziqish ortgan;
Imom Buxoriy banda amalini imonning shartlaridan biri sifatida sanashi, amalsiz insonni dinsiz hisoblamaslik borasidagi qarashlari moturidiylik ta’limoti bilan mushtarakligi, mavzularga ajratishdagi o‘ziga xos uslubi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Imom Buxoriy asarlari asosida qo‘lyozmalar katalogi, al`bomlar, ilmiy-ommabop va hujjatli fil`mlar, axborot-resurs bazasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2021 yil 15 oktyabrdagi 151/21-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarda islom dini, hadis va tafsir ilmlari xususida to‘g‘ri tasavvur ko‘nikmalari shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish