Yuldasheva Umida Asanalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarning soliq salohiyatini aniqlash va tahlil qilish uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt995.
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Qaxramonjon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarning soliq salohiyatini aniqlash va tahlil qilish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud soliq salohiyatini aniq baholash mexanizmini kiritish orqali soliq yukini oshirmagan holda mahalliy byudjetga qo‘shimcha daromad prognozlashtirish taklif etilgan;
byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida byudjetlararo transfertlarning miqdorini aniqlash orqali mahalliy byudjet daromadlari prognozi ishlab chiqilishi hamda undan ratsional foydalanish taklif etilgan;
jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmaganda, mol-mulkning shartli qiymatini hududlarning nufuziga qarab belgilash asosida undirilishi taklif etilgan;
hududlarning soliq salohiyatini aniqlash uchun bir hududdagi yirik soliq to‘lovchilar va mahalliy darajadagi to‘lovchilarga ajratilgan holda mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar` yil yakuni bo‘yicha 100,0 mlrd.so‘mdan yuqori bo‘lsa, yirik soliq to‘lovchi ro‘yxatiga qo‘yish taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Hududlarning soliq salohiyatini aniqlash va tahlil qilish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hudud soliq salohiyatini aniq baholash mexanizmini kiritish orqali soliq yukini oshirmagan holda mahalliy byudjetga qo‘shimcha daromad prognozlashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021 yil uchun mahalliy byudjetlar daromadlar loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32/2848-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida, mahalliy byudjetlar bo‘yicha qo‘shimcha 85 mlrd.so‘m yoki an’anaviy usulga asosan 2,7 foizdan ortiq qo‘shimcha daromad prognozlashtirish imkoniyati yaratilgan;
byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida byudjetlararo transfertlarning miqdorini aniqlash orqali mahalliy byudjet daromadlari prognozi ishlab chiqilishi hamda undan ratsional foydalanish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi PQ 4555-sonli qarori 33-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32/2848-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy byudjetlar daromadlari prognozini to‘g‘ri shakllantirish asosida byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish imkoniyati yaratilgan;
jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmaganda, mol-mulkning shartli qiymatini hududlarning nufuziga qarab belgilash asosida undirilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (yangi tahririda) 420-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32/2848-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmaganda, mol-mulkning shartli qiymatini hududlarning nufuziga qarab belgilash amaliyotini joriy etish asosida hududlarning soliq salohiyatini to‘g‘ri aniqlash imkonini bergan;
hududlarning soliq salohiyatini aniqlash uchun bir hududdagi yirik soliq to‘lovchilar va mahalliy darajadagi to‘lovchilarga ajratilgan holda mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar` yil yakuni bo‘yicha 100,0 mlrd.so‘mdan yuqori bo‘lsa, yirik soliq to‘lovchi ro‘yxatiga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 12 iyulda 3172-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 06/04-02-01-32/2848-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yirik soliq to‘lovchilar joylashgan hududlarda soliq salohiyatini to‘g‘ri baholash hamda soliq ma’murchiligini yaxshilash imkoni yaratilgan.