Bektemirov Abdumalikning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqlik ta’minoti xizmatlarini takomillashtirishning nazariy-uslubiy va amaliy asoslari”, 08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSs /Iqt18.
Ilmiy maslahatchi: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.I.18.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Ziyod Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston shaharlarida issiqlik ta’minoti xizmatlari tizimini takomillashtirishning nazariy-uslubiy va amaliy asoslarini tadqiq qilish va issiqlik bozorini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik ta’minoti xizmatlari sohasida bozor munosabatlarini energiya tejamkorligi, raqobatni shakllantirish va rivojlantirish, kogeneratsiya orqali samaradorlikka erishish, raqamli boshqaruvni joriy etgan holda xizmatlar sifatini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari asoslangan;
markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini issiqlik energiyasini uzluksiz ta’minlaydigan, jihozlarning ekspuatatsiya davrini uzaytiradigan, aholining issiqlik ta’minoti xizmatlariga bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarini kamaytiradigan, energiya samardorligi yuqori bo‘lgan yopiq tizimga o‘tkazishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
issiqlik ta’minoti xizmatlari tizimida bozor munosabatlarini rivojlantirish, turli ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan markazlashtirilgan issiqlik ta’minotining “yagona xoridor” modelidan foydalanish tartibi asoslangan;
issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov tartibi issiqlik ta’minoti xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni aniqlash imkonini beradigan hamda aholi tomonidan issiqlik sarfini tejashga rag‘bat uyg‘otadigan termoregulyatorli issiqlik sarfi o‘lchagichlarini xonadonlarga o‘rnatish asosida takomillashtirilgan;
issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi ob’ektlarni modernizatsiya qilishning davomiylik me’yorlariga va maromiyligini ta’minlashga asoslangan investisiyalardan optimal va samarali foydalanishning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqlik ta’minoti xizmatlar tizimini takomillashtirishning nazariy - uslubiy va amaliy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik ta’minoti xizmatlari sohasida bozor munosabatlarini energiya tejamkorligi, raqobatni shakllantirish va rivojlantirish, kogeneratsiya orqali samaradorlikka erishish, raqamli boshqaruvni joriy etgan holda xizmatlar sifatini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining sohada raqobatbardoshlikni ta’minlash, xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 3-2/20-29-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi issiqlik ta’minoti xizmatlari milliy bozori raqobatbardoshligini ta’minlashga va sohada xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilgan;
markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini issiqlik energiyasini uzluksiz ta’minlaydigan, jihozlarning ekspuatatsiyasi davrini uzaytiradigan, aholining issiqlik ta’minoti xizmatlariga bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni kamaytiradigan, energiya samardorligi yuqori bo‘lgan yopiq tizimga o‘tkazishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining «Sanoat mahsulotlari bozorlarini rivojlantirish va muvozanatlashtirish strategiyasi» departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2912-son qarorida iste’molchilarga issiqlik energiyasi etkazib berish, sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 3-2/20-29-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi yopiq tizimni takomillashtirishga va sohada energiya tejamkorligiga erishishga xizmat qilgan;
issiqlik ta’minoti xizmatlari tizimida bozor munosabatlarini rivojlantirish, turli ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan markazlashtirilgan issiqlik ta’minotining yagona xoridor (YaX) modelini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining “Sanoat mahsulotlari bozorlarini rivojlantirish va muvozanatlashtirish strategiyasi” departamenti tomonidan tarmoqdagi munosabatlarni tahlil qilishda qo‘llanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi yakuniy variantining “Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” bobida sohadagi raqobat muhitini yanada sog‘lomlashtirish vazifalariijrosini ta’minlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 3-2/20-29-son ma’lumotnomasi). Natijada issiqlik ta’minoti xizmatlari tizimida raqobat muhiti shakllantirilib, bozor munosabatlari rivojlantirilgan;
issiqlik ta’minoti xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni aniqlash imkonini beradigan hamda aholi tomonidan issiqlik sarfini tejashga rag‘bat uyg‘otadigan termoregulyatorli issiqlik sarfi o‘lchagichlarini xonadonlarga o‘rnatish asosida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun takomillashtirilgan to‘lov tartibi O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi yakuniy variantining «Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari» bobida sohadagi ustuvor vazifalarijrosini ta’minlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 3-2/20-29-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida energiya tejamkorligiga va aholi tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishiga erishilgan;
issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi ob’ektlarni modernizatsiya qilishning davomiylik me’yorlariga va maromiyligini ta’minlashga asoslangan sohaga jalb etiladigan investisiyalardan optimal va samarali foydalanishning ekonometrik modeli O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan sohaga jalb etilayotgan investisiyalarning optimal dasturini ishlab chiqishda qo‘llanilgan va investisiyalarning iqtisodiy samardorligini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 3-2/20-29-son ma’lumotnomasi). Ekonometrik modelning amaliyotga joriy etilishi natijasida issiqlik ta’minoti xizmatlariga jalb etiladigan investisiyalardan samarali va optimal foydalanishga erishilgan.