Sharapova Mashhura Azadovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1326.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Husanov Bahodir Sheralievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash xarajatlarini shahar byudjetidan moliyalashtirish zarurligi isbotlangan;
ijtimoiy xarajatlarni tegishli vazirliklar, xususan umumta’lim maktablari xarajatlarini Xalq ta’limi vazirligi orqali hududiy tuzilmalarni manzilli moliyalashtirish mexanizmi asoslangan;
xalq ta’limi tizimidagi muassasalar moliyaviy mustaqilligini ta’minlashda maqsadli jamg‘arma tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xalq ta’limi tizimi muassasalarini uzluksiz moliyalashtirishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishning natijaga yo‘naltirilgan byudjet mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash xarajatlarini shahar byudjeti hisobidan moliyalashtirishni joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil 25 dekabrdagi 04/08-06-120-son hamda Moliya vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3116-son ma’lumotnomalari). Natijada, Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), kapital ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar Toshkent shahri shahar byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi joriy etilgan. Toshkent shahrida joylashgan 69 ta umumta’lim muassasalarini loyihalashtirish, qurish(rekonstruksiya qilish), kapital ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun 204,5 mlrd. so‘m mablag‘ sarflangan;
ijtimoiy xarajatlarni tegishli vazirliklar, xususan umumta’lim maktablari xarajatlarini Xalq ta’limi vazirligi orqali moliyalashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil 25 dekabrdagi 04/08-06-120-son hamda Moliya vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3116-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida umumta’lim maktablari xarajatlarini Xalq ta’limi vazirligi orqali manzilli moliyalashtirishga, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishga erishilgan;
Xalq ta’limi vazirligi tarkibida maqsadli jamg‘arma tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasimoliya vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3116-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Toshkent shahrida 12 ta yangi qurilgan mahallalar uchun maktablar qurish, 50 ta maktabni rekonstruksiya qilish, 98 ta maktabni mukammal ta’mirlash va jihozlash maqsadida 2020 yilda 400 mlrd so‘m ajratilgan;
Xalq ta’limi sohasiga davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ-3931-son «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2020 yil 25 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3116-son ma’lumotnomasi). Natijada byudjet mablag‘lari tejalgan va aholi sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanadi.