Chinieva Marina Il`inichnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqsil gomeostazi boshqarilishida buyrakning funksional tizimlari integratsiyasining struktur mexanizmlari» 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017/3/PhD/Tib330
Ilmiy rahbarlar: [Yuldashev Akram Yuldashevich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent stomatologiya institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqsilli gomeostazda buyraklar funksional tizimlari integratsiyasining tuzilishi mexanizmlarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrakning qisqa muddatli ta’sirga moslashuvi uning tuzilish-funksional birliklarning funksional faoliyatini sinxronlashtirishga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor buyrak faoliyatining oqsilli oziqlanish dinamikasidagi  tizimli ekvivalentlari hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor qisqa va uzoq muddatli ta’sirlarga buyrakning kompensator va moslashuvchi reaksiyalarining qiyosiy tahlili asoslangan;
ilk bor buyrakning qisqa va uzoq muddatli oqsilli oziqlanishiga tizimli moslashish mexanizmlarining morfologik asoslari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buyrakning funksional tizimlari integratsiyasining tuzilishi mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilimy natijalar asosida:
buyrakning oqsil bilan oziqlanishda strukturali-funksional tizimini taxlili bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oqsil gomeostazi regulyasiyasida buyrakning funksional tizimlari integratsiyasining tajribaviy uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yilning 8 oktyabrdagi 8n-r/347-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma noratsional ovqatlanish natijasida buyrakning tizimli va funksional zararlanishini oldini olish imkonini bergan;
buyrak faoliyatini optimal tartibga solish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Markaziy ilmiy-tekshirish labaratoriyalarning fundametal tadqiqotlarni amalga oshirish amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yilning 8 oktyabrdagi 8n-r/347-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajralib chiqish tizimining kasalliklarini muvozanatlangan nutrientli terapiyasini va profilaktikasini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish