Raximov Anvar Po‘latboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom nozologik sintropiyasi patogenezining klinik-genetik aspektlari» 14.00.16 - Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib985.
Ilmiy rahbarlar: Ismailov O‘ktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorqin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Moxigul Azimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom nozologik sintropiyasi patogenezida lipidlar metabolizmini boshqaruvchi genlarning o‘rnini baholash asosida kasalliklar erta tashxislash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom komponentlaridan bo‘lgan semizlikning patogenetik rivojlanishi, klinik kechishiga sezilarli ta’sir qiladigan hamda lipid metabolizmi buzilishlarining gen-determinantlaridan FABP2 geni rs1799883 lokusidagi Thr/Thr genotipi va ADRB2 geni rs1042714 lokusdagi Glu/Glu genotipi tashuvchilarida ushbu kasalliklar sintropiyasining shakllanishida yuqori assotsiatsiyaga ega ekanligi aniqlangan;
o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom komponentlaridan semizlikning patogenetik rivojlanish mexanizmlarida molekulyar genetik prediktorlardan FABP2 geni rs1799883 lokusidagi Ala/Ala genotipi hamda ADRB2 geni rs1042714 lokusdagi Gln/Gln genotipi tashuvchilari protektiv ahamiyati aniqlangan;
o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom komponentlaridan qandli diabet kasalligining nozologik sintropiyasi rivojlanish patogenezida FABP2 geni rs1799883 lokusi Thr va ADRB3 geni rs4994 lokusi Arg allellari yuqori tendensiyasi aniqlangan;
o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom nozologik sintropiyasi patogenezida lipidlar metabolizmini boshqaruvchi genlarning o‘rnini o‘rganish asosida o‘t tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda metabolik sindrom rivojlanishini erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom nozologik sintropiyasi patogenezining klinik-genetik aspektlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining turli qatlamlari orasida o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom sintropiyasini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom nozologik sintropiyasida diagnostika usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-z/269-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘t tosh kasalligini va metabolik sindromni oldini olish, samarali tashxislash va davolash tartibini korreksiyalash imkonini bergan;
o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom nozologik sintropiyasi patogenezining klinik-genetik aspektlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Xorzam viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi, Respublika shoshilinchi tez yordam ilmiy markazi Xorzam filiali hamda Xorazm viloyat Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmalarining amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 08–04/4803–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘t tosh kasalligi va metabolik sindrom komponentlaridan semizlikning nozologik sintropiyasida FABP2 geni rs1799883 lokusidagi Thr/Thr genotipi va ADRB2 geni rs1042714 lokusdagi Glu/Glu genotipi  tashuvchilarida yuqori mustaqil assotsiatsiyasi, Ala/Ala va Gln/Gln genotiplari esa aksincha, protektiv ahamiyatga ega ekanligini baholash asosida kasallikning oldini olish profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish