Hoshimxonov Mo‘minning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boborahim Mashrab ijodiy merosining ilmiy-badiiy adabiyotdagi talqini (XVII-XVIII asrlar)», 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil142.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax Davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Ilmiy maslahatchining: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon, filologiya fanlari doktori, dotsent; Boltaboev Hamidulla, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Shoira, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boborahim Mashrab ijodiy merosining mohiyati va adabiy-ma’rifiy ko‘lami, she’riyatining zamon ma’naviy muhitiga ta’siri, shoir she’riyati adabiy-estetik negizlarini hamda shoir shaxsiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XVII-XVIII asrlarda Movarounnahrda yashab, ijod etgan Saido Nasafiy, So‘fi Olloyor, Boborahim Mashrab, Xo‘janar Huvaydo singari mutasavviflarning asarlarida ma’naviy meros, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik kabi umuminsoniy va ota-onaga hurmat, halollik, hamiyatlilik, saxiylik kabi milliy qadriyatlar ulug‘langanligi aniqlangan;
Mashrab shaxsiyatining g‘oyaviy maslagi, ijtimoiy-ma’naviy va tasavvufiy qarashlari, shoir badiiy tafakkuri qirralari “Mabdai nur”, “Vays ul-Qaraniy”, “Qissayi me’roji Rasuli akram s.a.v.” singari diniy-irfoniy asarlarida namoyon bo‘lganligi dalillangan; 
shoir dunyoqarashining shakllanishiga payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) siymolari, Shayx Shibliy, Boyazid Bistomiy, Ibrohim Adham, Mansur Xalloj, Mullo Bozor oxund, Ofoqxoja, So‘fi Olloyor, Said Imodiddin Nasimiy kabi sufiy mutafakkirlarning ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan; 
o‘zbek adabiyotida Mashrab obrazi yaratilgan Oybekning “Mashrab” she’ri, Muhammad Alining “Mashrab” she’riy dostoni, Mirkarim Osimning “Singan setor” qissasi, Xayriddin Begmatning “Devona Mashrab” hamda Shuhratning “Mashrab” romanlari singari asarlarda sufiy shoirning darveshona hayoti, ruhiy olami, musaffo his-tuyg‘ulari talqini aks etganligi aniqlangan;
Mashrabning shoir sifatida adabiy siymosi, badiiy mahoratini  belgilovchi “Mashrab devona”ligi zamirida pinhon bo‘lgan buyuklik iqtidori dunyoning Osiyo, Afrika, Sharq mamlakatlarigacha etib borganligi, turkiy she’riyat bilan xalqlarni bahramand etganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boborahim Mashrab ijodiy merosining ilmiy-badiiy adabiyotdagi talqini, undagi ilmiy takliflar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Boborahim Mashrab tasavvufiy qarashlarining Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusida 2020 yilda bajarilgan 68-11/78 raqamli grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyat “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2021 yil 7 sentyabrdagi 10-son dalolatnomasi). Natijada tadqiqotdan mazkur grant rejasining “Ta’lim sohasida o‘quvchi va talabalar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan innovatsion chora-tadbirlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot o‘tqazish  va tegishli takliflar berish” deb nomlangan 2-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda samarali foydalanilgan;
Boborahim Mashrab hayoti va ijodini o‘rganishda O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 05 maydagi 02/08-506-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturining VIII bob “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar” 33-bandi “12 oyga-12 alloma” loyihasini amalga oshirish doirasidagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan;
Boborahim Mashrab hayoti va ijodining ilmiy natijalaridan yoshlarning hayotdagi o‘rni va rolini  yanada yuqoriga ko‘tarishga doir istiqbollarini o‘rganish masalasiga e’tiborni kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2021 yil 12 apreldagi 4-01-23-898-son dalolatnomasi). Natijada tadqiqotda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni  jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etishda, munozara madaniyatini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan o‘quv-seminar, targ‘ibot  tadbirlarida material  (qo‘llanma) sifatida foydalanilgan. Yoshlar ishlari agentligi yoshlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni anglash, yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, ta’sirchanligi, amaliy ahamiyatini olib borishda qo‘llanilgan;
o‘zbek  mumtoz adabiyotida Boborahim Mashrab shaxsiyatining badiiy talqini, ulug‘ mutasavviflarning Mashrab ijodiga ta’siri, shoirning ma’naviy olamini aks ettiruvchi qissa va tazkiralardagi afsona va rivoyatlar zaminidagi to‘qimalarning badiiy adabiyot muxlislariga etkazib berishda mazkur ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim she’riyat” to‘garagida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 12 apreldagi 01-03/523-son dalolatnomasi). Natijada tadqiqotdan Boborahim Mashrab hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida foydalanilgan;
Boborahim Mashrab ijodiy merosining ilmiy-badiiy adabiyotdagi talqinini yoritishda, so‘fiy shoir Mashrab fenomeni, davr mafkuraviy yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlari, Mashrab va qalandariya ta’limoti haqidagi xulosalarni yoritishda foydalanilgan  (Namangan viloyat teleradiokompaniyasi 2021 yil 25 yanvardagi 08-02-41-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy  taklif va xulosalar Namangan viloyat televideniesining “Buyuk ajdodlarimiz” rukni ostidagi qator ko‘rsatuvlarda yoritilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish