Djuraev Ikrom Nematovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo chorvador jamoalarining janubga migratsiyasi va Janubiy Turonda ilk etnogenetik jarayonlar (bronza–ilk temir davr moddiy madaniyati va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar532.
Ilmiy rahbar: Asqarov Axmadali, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Eshov Baxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixiy ildizlari, uning etnogenezini ilk bosqichlari bilan bog‘liq jarayonlarni arxeologik materiallar va ilmiy adabiyotlar asosida ochib berish, O‘zbekiston bronza davri moddiy madaniyati tarixining yangi sahifalarini yaratish va undagi an’ana, innovatsiya hamda integratsiya muammolariga aniqlik kiritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chmanchi chorvachilik mavjud tasavvurlarga zid o‘laroq ilk temir davrida emas, balki Andronovo madaniyatlari jamoalarining chorvachilik hayotida bronza davrida yuz berganligi asoslangan;
miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmida Markaziy Osiyo dashtlari jamoalari hayotida ot, ho‘kiz, tuya kabi hayvonlar qo‘lga o‘rgatilib, ulardan transport vositasi sifatida foydalanish boshlanganligi, aynan shu davrda yilqichilik shakllanganligi, bu esa o‘z navbatida ko‘chmanchi chorvachilikni keltirib chiqarganligi asoslangan;
oriylar aslida kelib chiqishi jihatidan qadimgi eroniy til sohiblari emas, balki turkiyda so‘zlashganligi qadimgi shimoliy Xitoy kichik podsholiklari - “shi”lar (yilnomachilar) qoldirgan ma’lumotlarni bronza davri arxeologik yodgorliklari bilan taqqoslash asosida aniqlangan;
O‘zbek xalqi shakllanishida Andronovo madaniyati jamoalarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tub joy aholi bilan assimilyasion jarayoni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo chorvador jamoalarining janubga migratsiyasi va Janubiy Turonda ilk etnogenetik jarayonlar (bronza-ilk temir davr moddiy madaniyati va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida) mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
Termiz arxeologiya muzeyi ekspozisiyalarini boyitishda Shimoliy Baqtriyada andronova madaniyatiga tegishli sopol parchalari va yolg‘iz qabrlar Jarqo‘ton yodgorligining 5-tepaligida, ko‘plab sopol parchalari, Jarqo‘tonning yuqori qatlamida, Bo‘ston VI qabristonida topilgan sopol idish va sopol parchalari topilmalaridan foydalanildi va ko‘rgazma tashkil etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 23 avgustidagi 01-46/5439-son ma’lumotnomasi). Natijalar mazkur davrni faktik materiallar, manba va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga ko‘maklashib, ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyoga turkiy tilda so‘zlashuvchi dasht chorvadorlarining kirib kelishi o‘zbek xalqi etnogenezi tarixida muhim omil ekanligi va o‘zbek etnogenezining ikkinchi bosqichida yuz bergan etnogenetik jarayonlar va o‘zbek etnegenezining dastlabki etnik omillari turkiy komponentlar bilan bog‘lik ekanligini ochib berish bilan bog‘liq tadqiqotlar tahlili bo‘yicha ilmiy natijalar O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O’zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O’zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 23 martdagi 02-40-324-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarga Markaziy Osiyoda ko‘chmanchilik hayoti tarzining tashkil topishi, yilqichilikning paydo bo‘lishi, chorvador jamoalari migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, yo‘nalishlari va bosqichlari to‘g‘risida hamda chorvador “Andronovo madaniyati” jamoalarining tili qadimgi Xitoy yozma manbalari tahliliga ko‘ra turkiy bo‘lganliigi, shuningdek o‘zbek xalqi etnik shakllanishida Andronovo madaniyati jamoalarining o‘rni to‘g‘risida yangi tarixiy ma’lumotlar etkazib berilishida xizmat qilgan.