Ismanova Odina Tulkinbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amorf kremniy asosli quyosh elementlarining fotogal`vanik xarakteristikalarini haroratga bog‘lanishi», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM43.

Ilmiy rahbar: Ikramov Rustamjon G‘ulomjonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.

Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdug‘afur Teabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Imomov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gidrogenizatsiyalangan amorf kremniy (a-Si:H) asosidagi quyosh elementlarining fotogal`vanik xarakteristikalarining haroratga bog‘liqligini nazariy o‘rganish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qisqa tutashuv toki zichligi va sal`t kuchlanishining haroratga bog‘liqligi asosida tajribaviy natijalarini tushuntiruvchi yarimempirik tenglama keltirib chiqarilgan;

sal`t kuchlanishi quyosh elementining yorug‘likdagi vol`t-amper xarakteristikasining sifat (noideallik) koeffisientiga bog‘liq emasligi ko‘rsatilgan;

quyosh elementlarining maksimal effektiv quvvati uchun topilgan qiymati, Joul`-Lens qonunidan (P=jfU) olingan quvvatning maksimal qiymati bilan mos tushishi aniqlangan;

to‘ldirish koeffisientining haroratga bog‘lanishini ifodalovchi analitik formula keltirib chiqarilgan va to‘ldirish koeffisientini maksimal qiymati ff=0,93 ga, minimal qiymati esa ff=0,25 ga teng bo‘lishi ko‘rsatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Amorf gidrogenizatsiyalangan kremniy asosli quyosh elementlarining fotogal`vanik xarakteristikalarini haroratga bog‘liqligini nazariy tadqiq qilish asosida:

qisqa tutashuv tokining haroratga bog‘lanishi qonuniyatining yarimempirik tenglamasi OT-F2-28 «Legirlangan kremniy sirti va hajmidagi kvant o‘lchamli effektlar hamda ularning p-n-strukturalardagi zaryad tashuvchilar fotogeneratsiya va rekombinatsiya jarayonlariga ta’siri» (2007–2011 yy.) mavzusidagi ilmiy loyihada quyosh elementi to‘ldirish koeffisientining haroratga bog‘lanishini aniqlashda ishlatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 14 avgustdagi FTA-02-11/478-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish quyosh elementlarining qisqa tutashuv tokining maksimal qiymatini hisoblash orqali quyosh elementlarini tayyorlash uchun ishlatiladigan yarimo‘tkazgichlar taqiqlangan zonasining optimal energetik kengligini aniqlash imkonini bergan;

quyosh elementlarini to‘ldirish koeffisientining haroratga bog‘lanishini ifodalovchi yangi analitik echimi OT-F2-28 raqamli «Legirlangan kremniy sirti va hajmidagi kvant o‘lchamli effektlar hamda ularning p-n-strukturalardagi zaryad tashuvchilar fotogeneratsiya va rekombinatsiya jarayonlariga ta’siri» (2007–2011 yy.) mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda quyosh elementlarining qisqa tutashuv toki va sal`t kuchlanishi parametrlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 14 avgustdagi FTA-02-11/478-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish quyosh elementlarining foydali ish koeffisientini berilgan haroratda aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish