Azimov Bunyod Raximjonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Lokal splayn usullarda signallarga raqamli ishlov berishning parallel algoritmlari va dasturiy majmuasi», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2212
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Narzillo Solijonovich, texnika fanlari doktori; Raximov Baxtiyor Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lokal splayn modellari asosida tengmas oraliqlarda o‘lchangan signallarga raqamli ishlov berishning parallel algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
signallarga raqamli ishlov berishda splayn-funksiyalar usullari va parallel algoritmlar tadqiq etildi. Natijada eng maqbul matematik model va struktura taklif etilgan;
lokal interpolyasion kubik splayn modellari asosida biomedisina signallarni raqamli ishlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
teng va tengmas oraliqlarda o‘lchab olingan aeromagnit signallarga raqamli ishlov berishning parallel algoritmlari ishlab chiqilgan;
signallarga raqamli ishlov berishning parallel algoritmi asosida aeromagnit signallarning masofaga bog‘liq bo‘lgan muammolarini tez va real vaqt rejimida aniqlash usuli yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
tengmas oraliqlarda o‘lchab olingan geofizik signallarni raqamli ishlashning lokal splayn usullari, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua «GIDROINGEO» institutiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 33-8/6887-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan dasturiy vosita geofizik tadqiqotlarda hisoblashga ketadigan vaqtni 35%ga va xatolik 18-22%ga kamaygan, mehnat unumdorligini esa 25%ga oshirish imkonini bergan;
bosh miya tuzilmalaridagi o‘zgarishlar sonini aniqlashning lokal splyn usullari, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua «Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amliy markazi Samarqand filiali»ga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 33-8/6887-son ma’lumotnomasi). Natijada, bosh miya tuzilmalardagi o‘zgarishlarni aniqlash muddati 61%ga va xatolik 11-15%ga kamaygan, mehnat unumdorligini esa 50-65%ga oshirish imkonini bergan;
biomedisina signallari va tibbiyot tasvirlarini raqamli ishlashning bo‘lak-bazis usullar, algoritmlari va ular asosida yaratilgan dasturiy majmua «SamMI 1-klinikasi»ga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 33-8/6887-son ma’lumotnomasi). Natijada, qondagi leykotsitlar sonini aniqlash vaqti 58%ga va xatolik 10-12%ga kamaygan, mehnat unumdorligini esa 40-54%ga oshirish imkonini bergan.