Sadirxodjaeva Azizaxon Alavitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bolalarda yurak-qon tomir buzilishlarini prognozlash va ularni korreksiyalash», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib756.
Ilmiy rahbar: Ashurova Dilfuza Tashpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bolalarda yurak-qon tomir kasalliklarining dastlabki markerlarini aniqlash va ularni prognozlash va medikamentoz korreksiyalash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda qandli diabetning 1-turida miokard zararlanishining klinik belgilari, laboratoriya va instrumental ma’lumotlari xususiyatlari isbotlangan;
qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bolalarda hs CRP indikatorining qon tarkibi va kardiotspesifik marker SK-MV ko‘rsatkichlari asoslangan;
qandli diabetning 1-turi asoratlari rivojlanishi uchun xavf omillari aniqlangan (kasallik davomiyligi (xavf 0.622), VSR kamayishi (xavf 0.565), shuningdek lipid profili ko‘rsatkichlari (xavf 0.523), SK-MV ko‘rsatkichlari (xavf 0.543), hs CRP (xavf 0.5), HbA1c (xavf 0.449)), bu kasallik davomiyligi, yoshi, HbA1c darajasi, shuningdek, SK-MB, hs-CRP -profili ko‘rsatkichlari isbotlangan;
qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bolalarda kardiomiotsitlar energetik tanqisligini korreksiyalash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1-tur qandli diabet bilan kasallangan bolalarda DKANning diagnostikasi va uni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda asoratlarni erta tashxislash, algoritmlaridan foydalanish orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qandli diabetli bolalarda yurak buzilishlarini erta tashxislashda laborator markerlarning ahamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/675-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma MV kreatininfosfokinazani qon zardobida aniqlash asosida 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda asoratlarni erta tashxislash uchun zarur choralarni amalga oshirish imkonini bergan;
1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda klinik belgilarini erta tashxislash orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Qandli diabetning 1-turi bilan og‘rigan bolalarda diabetik kardiovaskulyar neyropatiyaning klinik jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31-dekabrdagi 8n-r/676-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qandli diabetning 1-turi bilan og‘irgan bolalarda diabetik avtonom kardiovaskulyar neyropatiyada klinik, funksional va metabolik o‘zgarishlarni o‘rnatish va aniqlangan o‘zgarishlarni takomillashtirish imkonini bergan;
1-tur qandli diabet bilan kasallangan bolalarda DKANning klinik-funksional kechish xususiyatlariga asoslangan holda tashhislash va davolash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyati kitob tuman tibbiyot birlashmasining klinik faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 8n-d/52-son ma’lumotnomasi) Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali 1 tur qandli diabet bilan kasallangan bolalarda yurak qon tomir tizimi zararlanishi noxush oqibatlarini erta tashxislash va prognozlash, hamda DKAN kabi asoratlar sonining hamda kasallik oqibatlari bilan bog‘liq nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan.