Axmedova Muxabbat Abdulxashimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda O‘zbekiston mehnat bozorini muvozanatini ta’minlash», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt427.
Ilmiy rahbar: Ortiqova Dilorom Abduraximovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tula Nodir Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat resurslari balansini prognozlash uslubiyoti demografik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda tasodifiy samarani e’tiborga olgan holda takomillashtirilib, mehnat bozorining dinamikasi va tuzilishidagi o‘zgarishlarni baholash imkonini beruvchi ekonometrik ta’minot ishlab chiqlgan;
hududlar kesimida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari uchun kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash uslubiyoti har bir hudud mehnat bozoriga birinchi navbatda ta’sir ko‘rsatadigan asosiy nuqtani aniqlagan holda hudud kesimida kadrlarga bo‘lgan talabni tarmoqlarning makrodarajadagi rivojlanishi bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish taklif qilingan;
mehnat bozorining demografik to‘lqinlar va iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarini aniqlashga qaratilgan respublika va mintaqaviy mehnat bozorlari rivojlanishining o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
mehnat bozorida talab va taklif muvozanatiga erishish sharoitida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kadrlarga bo‘lgan talabni ish beruvchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan samarali bandlikni ta’minlash, daromad solig‘i stavkasini kamaytirish orqali norasmiy bandlik darajasini pasaytirish asoslagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat bozori muvozanatini hamda aholining barqaror va samarali bandligini ta’minlash borasida olinan natijalar asosida:
mehnat resurslari balansini prognozlash uslubiyoti demografik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda tasodifiy samara hamda mehnat bozorining dinamikasi va tuzilishidagi o‘zgarishlarni baholash imkonini beruvchi ekonometrik ta’minotdpn O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi 841-son “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 6-1/20-299-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan uslubiyotni qo‘llash demografik o‘zgarishlar va iqtisodiy rivojlanishni hisobga olgan holda respublika va mintaqalardagi mehnat bozorining dinamikasi va tuzilishini muvofiqlashtirish imkonini bergan;
hududlar kesimida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari uchun kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash uslubiyoti har bir hudud mehnat bozoriga birinchi navbatda ta’sir ko‘rsatadigan asosiy nuqtani aniqlagan holda hudud kesimida kadrlarga bo‘lgan talabni tarmoqlarning makrodarajadagi rivojlanishi bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflarda O‘zbekiston Respublikasini 2019-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari konsepsiyasini ishlab chiqish foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2018 yil 24 maydagi 46-sonli buyrug‘iga 1-ilovaning 1.2 -bandi) mehnat resurslari, ish bilan band aholi va ishsizlar sonining (sobit va tasodifiy ta’sir qiluvchi regressiya modeli yordamida) prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 6-1/20-299-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqarilgan hisob-kitoblar natijalaridan foydalanish ishchi kuchi taklifi va ishchi kuchiga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda iqtisodiyotdagi sifat va tarkibiy o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash imkonini bergan;
mehnat bozorining demografik to‘lqinlar va iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarini aniqlashga qaratilgan respublika va mintaqaviy mehnat bozorlari rivojlanishining o‘rta muddatli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasini 2019-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari konsepsiyasini ishlab chiqish foydalanilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 87-sonli buyrug‘ining 1.1-bandi; Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 6-1/20-299-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar uzoq muddatli istiqbolda mehnat bozorining prognoz dinamikasini yalpi ichki mahsulot va aholi daromadlari o‘sishi prognozlari bilan muvofiqlik darajasini oshirish imkonini bergan;
kadrlarga bo‘lgan talabni ish beruvchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan samarali bandlikni ta’minlash, daromad solig‘i stavkasini kamaytirish orqali norasmiy bandlik darajasini pasaytirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasini 2019-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari konsepsiyasi va 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 6-1/20-299-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va mexanizmlar aholining bandlik darajasini oshirish va norasmiy bandlik darajasini 60% dan 57% gacha pasaytirish imkonini bergan.