Bakaev Ziyovuddinxon Toshbolta o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt904
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat va mintaqa darajasida kiruvchi turizm bo‘yicha turistik barqarorlik darajasini kompleks baholash hamda turistlar salomatligini saqlash nuqtai nazaridan hududning ijtimoiy-turistik barqarorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimiga sog‘liqni saqlash holatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarni («emlanish darajasi», «virusdan davolanish» v.b.) kiritishning zarurati asoslangan;
turistik jozibadorlik va samaradorlikni oshirishda madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ta’mirlashda davlat-xususiy sherikchilikni jalb qilish, shu negizida samaradorlik natijalaridan optimal foydalanish orqali turizm infratuzilmasini takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
pandemiya sharoitida byudjet tashkilotlari xodimlariga (birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar uchun) yiliga bir marta ichki turlarda imtiyozli qatnashish imkonini beruvchi maxsus «chegirmali kartalar» berish taklif etilgan;
epidemiologik vaziyatning turizmni lokal-markazlashgan, bir xillik, klaster-taqsimlash va mintaqalararo-transportni barqaror rivojlanishiga ta’sirining 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli ssenariysi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turistik davlat va mintaqa darajasida kiruvchi turizm bo‘yicha turistik barqarorlik darajasini kompleks baholash hamda turistlar salomatligini saqlash nuqtai nazaridan hududning ijtimoiy-turistik barqarorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimiga sog‘liqni saqlash holatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarni («emlanish darajasi», «virusdan davolanish» v.b.) kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining faoliyatiga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02-16/4503-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuv ichki va kiruvchi turizmning amal qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy salohiyat va tashqi muhitning barcha tarkibiy qismlarini qamrab olish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
turistik jozibadorlik va samaradorlikni oshirishda madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ta’mirlashda davlat-xususiy sherikchilikni jalb qilish, shu negizida samaradorlik natijalaridan optimal foydalanish orqali turizm infratuzilmasini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 4 oktyabrda tasdiqlangan 01-17/55-828-ChT-sonli nazorat rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02-16/4503-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida turistik-rekreatsion ob’ektlarni  saqlashga, moliyalashtirishga va samarali boshqarishga hamda turizm industriyasi ob’ektlariga innovatsiyalarni joriy qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirishga yordam bergan;
pandemiya sharoitida byudjet tashkilotlari xodimlariga (birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar uchun) yiliga bir marta ichki turlarda imtiyozli qatnashish imkonini beruvchi maxsus «chegirmali kartalar» berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02-16/4503-son ma’lumotnoma). Ushbu taklif mamlakatimizda ichki turistlar oqimini ortishiga, ichki turizmni rag‘batlantirishga va qulay imkoniyatlar yaratishga xizmat qilgan;
epidemiologik vaziyatning turizmni lokal-markazlashgan, bir xillik, klaster-taqsimlash va mintaqalararo-transportni barqaror rivojlanishiga ta’sirining 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli ssenariysi bo‘yicha amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2019-2020 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02-16/4503-son ma’lumotnoma). Ushbu ssenariy usulni dastur orqali amaliyotga joriy etish natijasida 2027 yilga qadar O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolar soni 1,7 barobarga oshishi va ichki turistlar soni 1,5 martaga ko‘payishi kutilmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish