Kaipbergenova Guljamila Rasbergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mineral tuzlar to‘planishiga qarshi oltingugurtli ingibitorlar sintezi va texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2355.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarakalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Taxiyatosh issiqlik elektrostansiya sharoitida ishlatish uchun mahalliy xomashyolar asosida mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitorlar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
formal`degidning tiomochevina bilan natriy bisul`fiti ishtirokida maqbul sharoitlarda - harorat 80 S, dastlabki reagentlar 1:2:2 mol` nisbatlarida katalitik miqdor asos muhitida ta’sirlashuvidan chiziqli tuzlishli metilolhosilalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
sul`fometillash jarayoni mexanizmi asoslanib, metilensul`fonat-anilin (MSA) < dimetilensul`fonatanilin (DMSA) < dimetilensul`fonat-mochevina (DMSM) < dimetilensul`fonattiomochevina (DMSTM) qatorida hosil bo‘lish faollik qonuniyati isbotlangan;
mochevina va tiomochevinaning formal`degid bilan natriy bisul`fit ishtirokida mono- va dimetilensul`fonat hosilalari hosil bo‘lishi asoslanib, qattiqligi 9 mg/ekll bo‘lgan suvlarda mineral tuzlar to‘planishining samarali ingibirlari ekanligi (>90 %) isbotlangan;
tiomochevinaning sul`fometilolhosilalari, monoetanolaminning kub qoldig‘i va organofosfonatlar asosida samarali kompozisiyalar tayorlanib, 4,0 mg/l konsentratsiyada mineral tuzlar to‘planishidan 91,2 % ingibirlashi aniqlangan;
Taxiyatosh issiqlik elektrostansiyasi sharoitida qo‘llash uchun mahalliy xomashyolar asosida mineral tuzlar to‘planishiga qarshi ingibitorlar tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Karbonilli birikmalarning aminlar va amidlar bilan kondensatlanish reaksiyalaridan mineral tuzlar to‘planishini ingibirlash xususiyatlariga ega polidentant birikmalar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar karbonilli birikmalar va amidlar asosida olingan oltingugurtli polidentant birikmalar «Taxiyatosh issiqlik elektrostansiyasi» AJda amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasining 2021 yil 29 oktyabridagi 05-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxona qurilmalarni mineral tuzlar to‘planishidan himoyalash imkonini bergan;
karbonilli birikmalar va tiomochevinaning kondensatlanishidan olingan metilolhosilalar asosida mineral tuzlar to‘planish ingibitorlari «SUMONO» MChJda amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasining 2021 yil 29 oktyabridagi 05-636-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijdan keltirilayotgan IOMS-1 mineral tuzlar to‘planishi ingibitorini to‘liq almashtirish imkonini bergan.