Eshmetov Rasulbek Jumyazovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqilgan sirt faol moddalardan foydalanib yuqori qovushqoqli mahalliy neftlarni ul`tratovushli deemul`girlash texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. DSc/T433.
Ilmiy maslahatchi: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sintez qilingan sirt faol moddalar yordamida yuqori qovushqoqli mahalliy neftlarni ul`tratovushli deemul`girlash texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masxar va paxta moylarini sul`folab, so‘ngra gidrolizlash orqali sirt faol modda olingan va hosil bo‘lgan modda tarkibida karboksil (-SOON) va sul`fo (-OSO3N+) guruhlarining sirt faollikni yuzaga keltirishi ularning kolloid kimyoviy xususiyatlari orqali asoslangan;
gliserin va mochevinaning 1:3 nisbatda sintezi natijasida yuqori sirt faollikka ega moddalar olingan va ularning kolloid-kimyoviy xususiyatlari asoslangan;
SFM eritmasini 0,2-0,3 % konsentratsiyali oraliqlarda deyarli to‘g‘ri chiziqli holat kuzatilib, bu asosan MKK (misellaning kritik konsentratsiyasi) ko‘rsatgichini ko‘rsatib, xamma namunalar uchun MKK deyarli bir xil ko‘rsatgichga ega ekanligini, faqatgina bu eritmalar o‘zining qovushqoqligi bilan bir-biridan farq qilib, quyidagi qator ketma-ketligiga FLEK-D-003>SD-1>SD-2 o‘zgarishi asoslangan;
issiqlik harakati intensivligi oshishi bilan SFM lar qutubli guruhlari gidratatsiyasi (-SOONa, -COOH, -OSO3Na) kamayib, misella hosil bo‘lishi, haroratni oshishi suv molekulalarining tartibsiz harakatiga olib kelishi, suvni gidrofob zarralardan, ya’ni SFM larning uglevodorod radikallaridan “qutilish”ga harakat qilishi, ya’ni harorat oshishi bilan suvda gidrofob ta’sirlarning kuchayishi MKK kattaligining kamayishiga olib kelishi aniqlangan;
sintez qilingan SFM larning deemul`girlash jarayonlari maqbul sharoitlari, ya’ni, Ko‘kdumaloq SNE uchun deemul`gator sarfi 100 g/t va haroratni 60 °S, deemul`girlash vaqtini 150 daqiqa, Djarqo‘g‘on SNE sarfi 150 g/t va haroratni 60 °S, deemul`girlash vaqtini 150 daqiqa ekanligi aniqlangan;
UTT ning ta’sir yo‘nalishlarini parallel ravishda ta’sir ettirish natijasida, suv globulalarining tashqi qobig‘iga bosim va harorat ta’sirida kavitatsiya bo‘lib, natijada parchalash jarayoni jadallashtirishi aniqlangan;
UTT va sintez qilingan SFM lar yordamida deemul`girlash jarayonining maqbul sharoitlari aniqlandi, unga ko‘ra: Ko‘kdumaloq SNE larni deemul`girlashda UTT chastotasi 15 kGs (UTT vaqti 3 minut), deemul`gator sarfi 80 g/t, vaqti 120 minut, harorat 45 °S, Djarqo‘rg‘on SNE uchun esa UTT chastotasi 15 kGs (UTT vaqti 3 minut), deemul`gator sarfi 120 g/t, vaqti 120 minut, harorat 45 °S.
ishlab chiqilgan sirt-faol moddalar foydalanib, yuqori qovushqoqli mahalliy neftlarni ul`tratovushli deemul`girlash texnologiyasini ishlab chiqilgan va texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlari asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yaratilgan sirt faol moddalar yordamida yuqori qovushqoq mahalliy moylarni ul`tratovushli parchalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neftni suvsizlantirish uchun ionogen deemul`gator olish uchun texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tamonidan tasdiqlangan (Ts 17088447-03:2019). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
barqaror suvlineft emul`siyalarini suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun deemul`gatorlar va ularning kompozisiyasining olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 23 sentyabrdagi 02-26-5032-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi SFM lar olish va ular asosida SNElari tarkibidan tuz va suv miqdorini 95-96 % gacha tozalash imkonini beradi;
SD-1, GMD-3 va KM-1 deemul`gatorlari va UTT yordamida SNE larini deemul`girlash texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» Ajning 2021 yil 23 sentyabrdagi 02-26-5032-son ma’lumotnomasi). Natijada, SFM larni qo‘llab, deemul`girlash jarayonini 2 barovar jadallashtirish, SNElari tarkibidan tuz va suv miqdorini 97-98 % gacha tozalash imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish