Sotvoldiev Bunyodbek To‘lqinjon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz tilida slengning paradigmatik-sintagmatik xususiyatlari», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil44.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05. 
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anglofon sleng lug‘atlarida qayd qilingan slenglarga shaklan o‘xshash bo‘lgan adabiy til birliklarining sleng nominasiyasidagi ishtirokini ilmiy nuqtai nazardan ochib berish, ular o‘rtasida paydo bo‘ladigan leksik-semantik guruhlar, paradigmatik-sintagmatik munosabatlar hamda struktural tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratish orqali sleng markerlarini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til tizimining leksik sathida adabiy til va sleng birliklari denotat bo‘yicha o‘zaro sinonimik va kvazisinonimik munosabatlarga kirishishi hamda slengdagi ma’no ko‘chishlari odatda jismning rangi, tashqi ko‘rinishi, fizik holati yoki ish-harakat va referentni baholash xarakteridagi o‘xshashliklar natijasida amalga oshishi asoslangan;
sleng hosil qilishda qatnashuvchi so‘z turkumlari ichida fe’llarning eng yaxshi natija qayd etganligi konseptual metaforik usul yordamida isbotlangan, natijada ot va sifat leksik-semantik variantlari uchun “inson emas (adabiy tilda) – inson (slengda)” parametri, fe’llar uchun “inson (adabiy tilda) – inson (slengda)” qarama-qarshiligi asosiy ekanligi aniqlangan;
slengning sintagmatik xususiyatlari uning badiiy matnlarda qo‘llanilishining zamon va makonga, shuningdek, muloqot ishtirokchilarining rol tuzilishi hamda ularning ijtimoiy mavqelariga bog‘liq holda yuzaga chiqishi dalillangan;
sleng hosil qilishda qatnashuvchi so‘zlarning adabiy til va slengdagi ma’nolari o‘rtasidagi munosabatlar, aksariyat hollarda, so‘zning slengdagi referentlari aynan shu so‘zning adabiy tildagi asosiy, kam hollarda, bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’nolari asosida vujudga kelishi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida slengning paradigmatik-sintagmatik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
muloqotda qo‘llanuvchi sleng nutq birliklariga shaklan sinonim bo‘lgan adabiy til birliklarining sleng nominasiyasidagi ishtirokini tavsiflash, turli so‘z turkumlari doirasidagi so‘zlarning sleng xosil qilishdagi mahsuldorlik darajasini aniqlash, slengning qo‘llanish doirasiga ko‘ra turlari, struktur ko‘rinishlari hamda xosil bo‘lish asoslarini o‘rganishga oid xulosalardan OTF-1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi paydo bo‘luvchi nutqiy birliklarning ilmiy talqiniga oid qarashlar mukammallashgan;
sleng yuzaga kelishining psixolingvistik jihatlarini o‘rganish, slengning zamon va makonda qo‘llanilish xususiyatlarini aniqlash, yoshlarning fikrlash tarzi hamda tilga ongli ravishda pragmatik yondashuvidagi unikal jihatlarni aniqlashdagi ilmiy xulosalardan A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” (2015-2017) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada stilistik jihatdan cheklangan nutq birliklari qo‘llanishining psixolingvistik xususiyatlari ochib berilgan;
sleng hosil qilishda qatnashuvchi so‘zlarning adabiy til va slengdagi ma’nolari o‘rtasidagi munosabatlar, aksariyat hollarda, so‘zning slengdagi referentlari aynan shu so‘zning adabiy tildagi asosiy, kam hollarda, bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’nolari asosida vujudga kelishi kabi materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 28 dekabrdagi 04-25-1343-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan medial materiallar mazmun jihatdan mukammallashgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish