Safarov Alijon Itolmasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda harbiy jurnalistikaning shakllanish va rivojlanish tamoyillari”,   10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1693.
Ilmiy rahbar: Saidov Xalim Amonovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Yakutxon, filologiya fanlari doktori; Bobur Negmatov, falsafa fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiy jurnalistikaning ilmiy-nazariy asoslarini, mustaqillik davrida shakllangan o‘zbek harbiy jurnalistikasining tarixiy rivojlanish bosqichlarini, yangi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari islohotlaridagi tendensiyasi va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkistonda gazeta va jurnallar nashr qilingan davrdan boshlab harbiy sohaga taalluqli maqola va xabarlar asosida e’lon qilingan ma’lumotlarning targ‘ibot rolidagi axboriy, aksiltarg‘ibot rolidagi kommunikatsion-manipulyativ, jamoatchilik fikri ustidan nazorat o‘rnatishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik ta’siri isbotlangan; 
O‘zbekiston harbiy OAVsining asosiy modellari, tuzilmaviy xususiyatlarini zamonaviy media texnologiyalari yordamida shakllantirish va rivojlantirishning axborot tayyorlash hamda tarqatish jarayonidagi konvergentligi bilan bog‘liq tendensiyalari aniqlangan; 
favqulodda, ekstremal sharoitlarda ishonchli axborot berish, ma’lumot konfidensialligiga rioya qilish zarurati hamda mas’uliyatini hisobga olishdan, zamonaviy harbiy harakatlar teatrining kengayayotgan ta’sir ko‘lami talablaridan kelib chiqqan holda harbiy muxbirlarning axborot bilan ishlashdagi huquqi, davlat sirlarini saqlashdagi majburiyatiga oid faoliyat prinsiplari aniqlangan; 
mamlakat mudofaa siyosatida matbuotning, harbiy OAVning xavfsizlikni ta’minlashdagi va ijtimoiy institut sifatidagi demokratik prinsiplarga asoslangan axboriy jamiyat nazariyasiga xos funksional ahamiyati dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda harbiy jurnalistika shakllanishi va rivojlanishi tamoyillari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
mamlakat mudofaa siyosatida matbuotning, harbiy OAVning xavfsizlikni ta’minlashdagi va ijtimoiy institut sifatidagi funksional ahamiyati bo‘yicha xulosa va takliflardan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining ijtimoiy yo‘naltiruvchi vazifalarida hamda “Gvardiya” Birlashgan tahririyatining ijodiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2021 yil 16 apreldagi 17/152-son ma’lumotnomasi, “Gvardiya” Birlashgan tahririyatining 2021 yil 16 apreldagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlarning ixtisoslashuvida va kasbiy mahorati oshishida yordam bergan;
harbiy sohaga taalluqli maqola va xabarlar asosida e’lon qilingan ma’lumotlarning targ‘ibot va aksiltarg‘ibot rolidagi ta’siridan Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba” bog‘i yodgorlik majmuasining O‘zbekiston xalqining g‘alabaga qo‘shgan hissasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan faoliyatida foydalanilgan (Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba” bog‘i yodgorlik majmuasining 2021 yil 16 apreldagi 152-son ma’lumotnomasi). Natijada Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning o‘rni bilan bog‘liq jarayonda manba sifatida yordam bergan;
O‘zbekiston harbiy OAVsida axborot tayyorlash hamda tarqatish jarayonidagi konvergentligi bilan bog‘liq tendensiyalarini  o‘rganishdan kelib chiqadigan taklif va tasviyalardan “Vatanparvar” Birlashgan tahririyatining auditoriyani jalb etish va matbuot vizuallashuvidagi faoliyatida foydalanilgan (“Vatanparvar” Birlashgan tahririyatining 2021 yil 20 maydagi 290-son ma’lumotnomasi). Natijada “Vatanparvar” Birlashgan tahririyati gazeta va jurnali, internet resurslari uchun konvergent materiallar  sifati oshib,  axborotni mul`timediaviy uzatish usullari samaradorligi ortgan; 
favqulodda, ziddiyatli va ekstremal sharoitlarda harbiy jurnalist faoliyati  prinsiplaridan kelib chiqadigan xulosalaridan “Muhofaza+” jurnali va “Vaziyat” gazetasi Birlashgan tahririyatining  axborot-kommunikatsion faoliyatida foydalanilgan (“Muhofaza+” jurnali va “Vaziyat” gazetasi Birlashgan tahririyatining 2021 yil 16 apreldagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada  jurnalistlarning favqulodda, ekstremal sharoitlarda ishonchli axborot berish, ma’lumot konfidensialligiga rioya qilish mas’uliyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari takomillashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish