Nurimbetov Raxmatulla Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy xalqaro munosabatlar transformatsiyasi sharoitida ShHT faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari», 23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ss251.
Ilmiy rahbar: Sultanova Etibor Sidikovna, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11\30.12.2019.Tar\Yu\I\S\24.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlari doktori, dotsent; Norov Vladimir Imamovich, yuridik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi ShHTning xalqaro va mintaqaviy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ShHTning ko‘p qutbli xalqaro munosabatlar tizimini va yangi dunyo tartibotini shakllantirishdagi rolini “ShHT plyus” yangi sheriklik formatini joriy qilish hamda global va mintaqaviy darajadagi yirik mamlakatlar, shuningdek xalqaro tuzilmalar bilan dolzarb muammolar yuzasidan doimiy muloqot mexanizmini shakllantirish asoslangan;
tuzilmaning global maqomini oshirish hamda ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida yuzaga keladigan bahslarning oldini olish va hal etishda ShHTning preventiv diplomatiya bo‘yicha maxsus vakilini tayinlashni joriy qilish, ShHT va BMT o‘rtasida maslahatlashuvlar formatini yo‘lga qo‘yish mexanizmi asoslangan;
jahon siyosiy maydonida yetakchi tuzilmalardan biriga aylanib borayotgan ShHTning siyosiy platformasidan Markaziy Osiyoning transport-tranzit salohiyatidan keng foydalanish va shu maqsadda tashkilotning transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga qaratilgan konseputal hujjatni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mamlakatimizning tashkilotdagi  faoliyatini yanada chuqurlashtirish va  a’zo davlatlar bilan keng qamrovli hamkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi asolangan; 
ShHTning istiqboldagi rivojlanishining uchta - “stagnatsiya”, “ijobiy raqobatga asoslangan hamkorlik” va “Evroosiyoda yangi dunyo tartibotini shakllatirishda ishtirok etuvchi kuch” ssenariylari bashorat qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
ShHT faoliyatini O‘zbekiston milliy manfaatlarini inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ShHTning ko‘p qutbli xalqaro munosabatlar tizimini va yangi dunyo tartibotini shakllantirishdagi rolini oshirishga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining ShHT Forumining XV yig‘ilishi (20.09.2020 y.), tashkilotning videoanjuman shaklida o‘tgan Sammitida (10.11.2020 y.), onlayn shaklda tashkil etilgan “ShHT Davlat rahbarlari yig‘ilishining asosiy natijalari” mavzusidagi xalqaro tadbiri (17.11.2020 y.) materiallarn tayyorlangan tegishli i tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2021 yil 5 maydagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutininng ShHT va O‘zbekistonning ushbu tuzilma bilan hamkorlik istiqbollarini belgilashga qaratilgan tahliliy hujjatlarni tayyorlashda qo‘llash imkonini bergan;
tuzilmaning global maqomini oshirish hamda unga a’zo davlatlar o‘rtasida yuzaga keladigan bahslarning oldini olish va hal etishda preventiv diplomatiya vositalarini  qo‘llashga doir ilmiy asoslangan xulosa O‘zbekiston Respublikasi TIV Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi tomonidan tegishli tahliliy hujjatni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi TIV Markazining 2021 yil 17 iyundagi 01/80-son ma’lumotnomasi). Bu taklif “ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida yuzaga keladigan bahslarning oldini olish va hal etish” Konsepsiyasi loyihasini tayyorlash imkonini bergan;
ShHTdan Markaziy Osiyoning transport-tranzit salohiyatini samarali ro‘yyobga chiqarish platformasi sifatida foydalanish, uning rivojlanish ssenariylariga doir bashoratlar hamda O‘zbekistonning tashkilot bilan keng qamrovli faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ShHTning Bishkek shahrida (14.06.2019 y.) va videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan (10.11.2020 y.) Sammitlarida O‘zbekiston Respublikasi tashabbuslarini ishlab chiqishda hamda tegishli “Yo‘l xaritalari”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021 yil 25 iyuldagi 15/27577-son ma’lumotnomasi).Mazkur takliflardan foydalanish ShHTning transport-kommunikatsiya sohasidagi o‘zaro bog‘liklikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan konseputal hujjat loyihasini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish