Turg‘unboev Shavkatjon Shuhratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Betula pendula tarkibidan betulin ajratib olish, optimallashtirish va ayrim hosilalari sintezi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K370.
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nazarov Otabek Mamadalievich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Betula pendula Roth tarkibidan turli erituvchilar yordamida betulin moddasini ajratib olish usullarini optimallashtirish va betulinning ayrim hosilalarini sintez qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Betula pendula Roth o‘simligi tarkibidan turli erituvchilar yordamida betulin ajratib olingan va ekstraksiya sharoiti optimallashtirilgan;
betulin ajratib olishda ekstraktning unumi jihatidan 96% li etanol, ekstarkt tarkibidagi betulinning tozalik darajasi jihatidan butanol-2 eng yaxshi erituvchi mos kelishi aniqlangan;
betulinni etanol yordamida ajratib olinganda ekstrakt tarkibidagi moddalar soni kamroq bo‘lishi YuSSX yordamida aniqlangan;
betulinning turli birikma (GKMAT, PVP, Na-KMS va dekstrin)lar bilan suvda eruvchan supramolekulyar komplekslari sintez qilingan;
betulinni Djons reaktivi bilan oksidlanish jarayoni Fe3+ katalizatorligida olib borilganda yuqoriroq unum bilan betulon kislota sintez qilingan;
betulon aldegining turli tabiatli (aromatik va geterotsiklik) birlamchi aminlar bilan 10 ta yangi Shiff asoslari sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Betula pendula Roth o‘simligidan turli usullar yordamida ajratib olinadigan betulin va uni turli usullar yordamida modifikatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
betulon aldegidining aminoantipirin va 2-amino, 4 nitropiridin bilan hosil qilgan Shiff asoslari «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2021 yil 30 avgustdagi 822/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlardan kobal`t (II) va nikel (II) ionlarini aniqlash imkonini bergan;
betulinning Fe2+ askorbat yordamida chaqirilgan mitoxondriya membranasida lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayoniga ta’siri natijalaridan №F-6-05 "Polifenol va triterpenoidlarning yangi hosilalarining antibiotiklar ta’siriga rezistent bulgan patogen bakteriyalarga qarshi faollik ta’sir mexanizmini o‘rganish" mavzusidagi fundamental loyihada Fe2+ askorbat yordamida triterpenoidlarning antioksidantlik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 89-03-1211-son ma’lumotnomasi). Natijada, betulin ta’sirida tajriba uchun olingan oq kalamushlarda suvda suzishga bog‘liq stress chaqirilgan sharoitda ham erkin radikallarga bog‘liq oksidlanish jarayoni faolligini susaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish