Ikromxonova Firuza Ikromovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek va inglizzabon nasrda tarixiy asar poetikasi (kompozisiya va obraz)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil295.
Ilmiy maslahatchi: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IKfaoliyatko‘rsatayotganmuassasanomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlaridoktori, dotsent; Miliev Suvonqul, filologiya fanlaridoktori, professor; Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchitashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. o‘zbek-ingliz adabiy jarayonidagi poetik yangilanishlar va ularning yuzaga kelishiga ta’sir etgan omillarni jahon adabiyoti aspektida yaxlit ilmiy-nazariy qarash hamda tushunchalar mahsuli ekanligini tarixiy haqiqatning badiiy-estetik ifodasi orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy-badiiy asarlarning kelib chiqishi va taraqqiyoti o‘zbek hamda inglizzabon xalqlarida turlicha ko‘rinishga ega ekanligi, xususan, o‘zbek nasrida xalq og‘zaki ijodida shakllanib, turli toshbitik, so‘ngra yozma adabiyot namunalari asosida rivojlanganligi, amerika nasrida tarixiy-badiiy asar XVII asr boshlarida kundalik, esdalik, xotira ko‘rinishida shakllanganligi isbotlangan;  
tarixiy shaxslarga ayol bo‘lishiga qaramay mardlik, jasurlik, xalqni o‘z ortidan ergashtira olish, rostgo‘ylik, xalqparvarlik, jangovarlik kabi badiiy-estetik vazifalar yuklanishi «Tarix», «Oysuluv», «To‘maris» asarlaridagi obrazlarning genezisi yordamida dalillangan;
To‘maris va Janna d’Ark obrazlari zamonaviy badiiy-estetik tafakkur aspektida xalq tarixini tubdan o‘zgartirgan ayol sarkardalar bo‘lganligi kabi o‘xshash hamda To‘marisning aslzoda oiladan, turmush qurgan, farzandli ekanligi va uzoq umr ko‘rishi, Janna d’Arkning dehqon qizi, o‘qimagan, fojeali halok bo‘lishi kabi farqli jihatlari aniqlangan;
Mark Tven va Mirkarim Osim tomonidan yaratilgan Janna d’Ark, To‘maris kabi obrazlarga o‘zbek yozuvchilari tomonidan asosan realistik uslubda, ingliz yozuvchilari tomonidan realistik, diniy hamda mifik uslubda yondashilganligi isbotlangan;
Mark Tvenning romanida Janna d’Ark obrazi yorqin, keskin farqlanib turuvchi xarakter qirralari bilan tasvirlanganligi, Mirkarim Osimning qissasida To‘maris qat’iyatli, mulohazali, jasur ayol-sarkarda sifatida doston va she’rlarda mazkur obraz ko‘proq badiiylashtirilganligi, tarixiy haqiqat sezilmaydigan darajaga etganligi dalillangan;
tarixiy asar kompozisiyacida ikki tuzum o‘rtasidagi ziddiyat personajlar xarakteri, portreti, nutqi, dunyoqarashi, harakati hamda shunga muvofiq ravishdagi badiiy til unsurlari yaxlit tizimining umuminsoniy g‘oyalar asosidagi ifodasi sifatida namoyon bo‘lganligi hamda personajlar kompozisiyasi, syujet kompozisiyasi va badiiy nutq kompozisiyasi vatanparvarlik, ozodlik, shaxs erki, hayotsevarlik, insorparvarlik kabi g‘oyalar asosida qurilganligi badiiy jihatdan asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy asarlar poetikasi muammolarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy asarlarning shakllanish omillari, taraqqiyoti va takomili jahon adabiyoti, AQSh va o‘zbek adabiyoti kesimida alohida-alohida o‘rganilib, o‘zaro solishtirilib, «Tarix», «Oysuluv», «To‘maris» asarlaridagi obrazlar qiyoslanishiga oid xuosalardan Erasmus+ dasturining Project №598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 28 iyundagi 89-04-1515-son ma’lumotnomasi). Natijada magistratura talabalari va doktorantlar uchun tashkillangan onlayn kurslardagi o‘quv materiallari, loyiha doirasida yaratilgan qo‘llanmalar mazmunan boyishiga erishilgan;
Mark Tven romanida Janna obrazi yorqin, keskin farqlanib turuvchi xarakter qirralari bilan tasvirlangan holda olingan ilmiy xulosalardan Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida qiyosiy adabiyotshunoslik, jahon adabiyoti tarixi, adabiyotshunoslikka kirish, poetika muammolari, hozirgi adabiy jarayon va adabiyot nazariyasi kabi kurslardan darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda, shuningdek ingliz yozuvchilari ijodi bo‘yicha maxsus kurs va tarixiy asar poetikasi, yozuvchining badiiy mahorati, janr san’ati bo‘yicha seminarlar tashkil etishda manba bo‘lib xizmat qilgan, shuningdek, «Adabiyot nazariyasi va qiyosiy adabiyotshunoslik»  predmetini o‘qitishda foydalanilgan (Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining 2021 yil 16 fevraldagi 127/3-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning samaradorligi va ijobiy ko‘rsatkichlarini amalga joriy qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan asosiy tavsiyalar «Adabiyot nazariyasi» va «Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti» kabi fanlarni o‘zlashtirish asoslarida o‘z ifodasini topgan;
o‘zbek va ingliz yozuvchilarining To‘maris, Janna d’ Ark kabi tarixiy  shaxslarga murojaati orqali ularning tarixiy haqiqatni badiiy qayta ishlanishida o‘zbek ijodkorlari asosan realistik uslubda, Mark Tven esa Jannaga realistik, diniy, mifik jihatlardan yondashganliklari kabi jihatlardan, tarixiy faktlarni ijodiy qayta o‘zlashtirish, tarixiy makon va zamon, tarixiy obraz va obrazlilik, badiiylik moduslari, mifopoetik elementlar, epik tasvir usullari kabi muammolarni echimi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasida tarixiy asarlarga oid ilmiy tadqiqotlar uchun ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2021 yil 21 yanvardagi 26/1-21-son ma’lumotnomasi). Natija «Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozisiyasi» muzeyi uchun manba bo‘lib xizmat qilishi bilan belgilangan;
o‘zbek tarixiy asarlari poetikasi milliy adabiy an’ana, jahon adabiyoti nasri yutuqlari va ijodkorlar individual ijodiy izlanishlari aspektida tipologik jihatdan ilmiy tasniflanib, ularning  mushtarak va farqli jihatlarini qiyosiy tadqiq qilish uchun tavsiyalar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 28 iyundagi 01-03/881-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning ijodiiy qobiliyati takomillashuviga erishilgan;
tarixiy asardagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning tarixiylik, umuminsoniylik, zamonaviylik kabi yetakchi tamoyillar asosida qayta idrok etilishi, yozuvchilar ijodiy fikrlash tarzining o‘ziga xos   xususiyatlarini  tashkil etgani, yozuvchilarning odam va olamni idrok etish darajasi, poetik mahoratiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy dastur va o‘quv rejalar asosida Farg‘ona davlat universitetida 5111400-Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili bakalavriat yo‘nalishidagi talabalarga o‘qitilayotgan «Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti», «Til aspektlarini o‘qitish amaliyoti», «Leksikologiya va stilistika», «Til ko‘nikmalari integratsiyasi», kabi amaliy, shuningdek, 5A120102 – Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarga o‘qitiladigan «Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti va tarixi» kabi nazariy fanlar tarkibiy qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 89-04-1515-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tegishli fan maqsad va vazifalarini tushunishi osonlashgan;
xalq dostonlarida tarixiy shaxslar ifodasi, doston janri tabiatidagi mifik poetik unsurlar va badiiy ifoda usullari, roviy obrazi, doston ijro etuvchi baxshilarning individual uslubi, poetik mahorat masalalari, xalq ozodligi uchun kurashgan To‘maris va Janna dʻArk timsolidagi ayol sarkardalarning jasoratiga oid ilmiy-badiiy misollardan «Oʻzbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvida foydalanilgan («Oʻzbekiston» teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2021 yil19 yanvardagi 02-40-70-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda berilgan ma’lumotlar ilmiy asoslangan;
xalq dostonlarida tarixiy shaxslarning ifodasi, doston janr tabiatidagi mifik poetik unsurlari va badiiy ifoda usullari, roviy obrazi, dostonchi-baxshining individual uslubi, poetik mahorat masalalari hamda  yangi davr kishisi ruhiyatini badiiy ifodalashda badiiylik moduslarining ahamiyatini ilmiy asoslashga oid fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi 2016 yilda bajarilgan F1-FA-0-43429-raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental hamda FA-A1 G006-raqamli «Qoraqalpok xalq qo‘shiqlarining testologik tahlili va nashrga tayyorlash» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihalarni bajarishda quyidagi natijalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoq Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 24 avgust 215/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida chop etilgan maqola, risolalarning ilmiy-nazariy asosi kuchaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish