Bebutova Nargiza Narzullaevnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston agrosanoat kompleksi ishchilari maxsus kiyimining ratsional konstruksiyasini tadqiq qilish va yaratish», 05.06.04 - «Tikuv buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni» (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1192.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pulatova Saboxat Usmonovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Ismailova Ra’no Muzaffarovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqlimiy sharoitlarga hamda agrosanoat kompleksida ishlaydigan qishloq xo‘jaligi ishchilarining mehnat sharoitlariga mos keladigan, ergonomik nuqtai nazardan qulay maxsus kiyimni ratsional konstruksiyasini hamda samarali texnologiyasini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mehnat jarayonida ishchilar harakatlarining erkinligini ta’minlaydigan va issiq iqlimiy sharoitlarda kiyim osti qatlamini havo almashinuvini ratsional ta’minlaydigan milliy an’analar hamda zamonaviy talablarni o‘zida mujassam etgan «eng-o‘miz» konstruktiv tugunining optimal konstruktiv echimi yaratilgan;
maxsus kiyim sifatiga ta’sir etuvchi ipli biriktirma choklarning yuklamalar ta’sirida buzilishining tahlili asosida maxsus kiyim detallari choklarining tarangligi holatini baholash bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
ekspluatatsion yuklamalar ta’sirida maxsus kiyim detallarining ipli birikmalarining emirilishini tahlil qilish asosida teng quvvatli ipli birikmalar bog‘lanishi ishlab chiqilgan;
maxsus kiyimni ekspluatatsiyalash muddatini oshirishga yordam beradigan mato va ipli birikmaning teng quvvatligini ta’minlashga asoslangan samarali ishlov berish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun maxsus kiyimning takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun maxsus kiyimning takomillashtirilgan konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patenti olingan («O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun maxsus kiyim» № SAR 01949 28.11.2019 y). Natijada agrosanoat ishchilarining mehnat sharoitlari yaxshilanadi, mehnat jarayonida ishchilarga, ergonomik nuqtai nazardan, yaxshi qulaylik yaratadi, maxsus kiyimning ishonchliligi oshadi va uning ekspluatatsiyalash davri ortadi.
taklif etilayotgan qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun yaratilgan maxsus kiyim komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlar paketi «O‘zto‘qimachilik-sanoat» Assotsiatsiyasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, «AL-HAKIM PLUS» MChJ, «SHOFIRKON EKVATORIAL TEKS» MChJ, «OKEAN-LYUKS» MChJ (Buxoro viloyati) va «AZR-TEXTILE GROUP» MChJ (Toshkent shaxri) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» Assotsiatsiyasining 2021 yil 04 iyundagi 04/20-1771-sonli ma’lumotnomasi). Natijada moddiy resurslarni tejash va ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 13,76% ga oshishiga imkoniyat yaratilgan hamda, qishloq xo‘jalik ishchilarini sifatli maxsus kiyim bilan ta’minlash masalasi hal etilgan.