Kushbakov Dilshod Musurmankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat sub’ektining jinoyat-huquqiy tavsifi va uning xususiyatlari”, 12.00.08 –Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu204.
Ilmiy rahbar: Otajonov Abror Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Haydarov Shuxratjon Djumaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat sub’ekti institutini tartibga soluvchi jinoyat qonuni normalari va ularni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aqli noraso shaxsning harakatiga faqat sodir etgan qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida baho berilishi, shaxsning ilgari sudlanganligi yoki unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining qo‘llanganligi inobatga olinmasligi lozimligi asoslangan;
voyaga etmagan shaxsning jinoyat ishini ko‘rib chiqishda nazorat instansiya sudi aybdorga jinoiy jazo qo‘llamasdan ham uni axloqan tuzatish mumkin degan xulosaga kelsa, sud qarorlarini bekor qilib, ishni tugatib yoki uni jazodan ozod qilib, Jinoyat kodeksining 87-moddasida belgilangan majburlov choralaridan birini qo‘llash huquqini berish zarurati asoslantirilgan;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining qidiruv e’lon qilingan va ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lgan voyaga etmaganlarni aniqlash hamda belgilangan tartibda voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organ va muassasalarga yuborish vakolatini qonun hujjatlarida belgilash zarurati asoslangan;
shaxsning rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan orqada qolganligi jazo tayinlashda engillashtiruvchi holat sifatida baholanishi va sud unga nisbatan jazo o‘rniga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishi shartligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat sub’ekti institutini tartibga soluvchi jinoyat qonuni normalari va ularni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aqli noraso shaxsning harakatiga faqat sodir etgan qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida baho berilishi, shaxsning ilgari sudlanganligi yoki unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining qo‘llanganligi inobatga olinmasligi lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008 yil 12 dekabrdagi “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 23-son qarorining 17-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 12 sentyabrdagi 04/11-424-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi sud amaliyotida aqli noraso holatida bo‘lgan shaxslarning qilmishiga to‘g‘ri huquqiy baho berishga hamda qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qilgan;
voyaga etmagan shaxsning jinoyat ishini ko‘rib chiqishda nazorat instansiya sudi aybdorga jinoiy jazo qo‘llamasdan ham uni axloqan tuzatish mumkin degan xulosaga kelsa, sud qarorlarini bekor qilib, ishni tugatib yoki uni jazodan ozod qilib, Jinoyat kodeksining 87-moddasida belgilangan majburlov choralaridan birini qo‘llash huquqini berishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019 yil 24 maydagi “Jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 11-son qarorining 30-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 12 sentyabrdagi 04/11-424-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif voyaga etmaganga oid qonun normalarini yanada takomillashtirish va qonun normalarini qo‘llash amaliyotida mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining qidiruv e’lon qilingan va ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lgan voyaga etmaganlarni aniqlash hamda belgilangan tartibda voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organ va muassasalarga yuborish vakolatini qonun hujjatlarida belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 12 iyuldagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 58-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 9 sentyabrdagi 26/2518-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif voyaga etmagan shaxslarning qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklarining ta’minlanish darajasini oshirishga xizmat qilgan.