Zaynobiddinova Farangiz Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni fuqaroviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu301.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bozarov Sardor Soxibjonovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni fuqarolik-huquqiy tartibga solish masalalarini tadqiq etish orqali O‘zbekiston Respublikasida investisiya faoliyatini samarali huquqiy-tartibga solish va mazkur sohaga doir qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiyalarni himoya qilish hamda investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda eng asosiy talablar hamda rekvizisiya (ekspropriatsiya) amalga oshirilishi tartib-taomillari, bunda sud va xalqaro arbitraj tartibida himoyalanish huquqlari asoslab berildi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investisiya shartnomasining asosiy shartlari izohlanib, investisiya shartnomasida taraflarining huquq va majburiyatlarining belgilanishi, xorijiy investorga qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar berish talablari hamda ushbu jarayonning shaffofligi va unda jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi zaruriyati asoslab berildi;
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatining huquqiy kafolatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlarni ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ssudalarni chet el valyutasida olish va qaytarish huquqlari asoslab berildi;
investisiya shartnomalarining ochiq reestrini yuritish, investisiyaviy faoliyat doirasidagi ma’lumotlarning transnatsional mobilligini amalga oshirish va virtual investisiya munosabatlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda mazkur turdagi shartnomalarning bajarilishini monitoring qilish mexanizmlarini yaratish ahamiyati asoslab berilgan;
investisiya shartnomasi, investisiya faoliyatini tashkillashtirish shartnomasi va investisiya faoliyatidagi smart shartnomalarga mualliflik ta’riflari berilib, ularning namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investisiya shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularni fuqaroviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiyalarni himoya qilish hamda investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda, sud va arbitraj tartibida: rekvizisiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish uchun foydalaniladigan maqsadning qonuniyligi; rekvizisiyaning (ekspropriatsiyaning) miqdori; rekvizisiya (ekspropriatsiya) qilinayotgan investisiyalarni va boshqa aktivlarni baholash; to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovining muvofiqligi; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rekvizisiyani (ekspropriatsiyani) amalga oshirish chog‘ida rioya etgan tartib-taomil yuzasidan nizolashishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-598-sonli “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasining 3-xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi  Spikeri o‘rinbosarining  2021 yil 13 iyuldagi 02/5-803-son ma’lumotnomasi). Mazkur huquqiy norma O‘zbekiston Respublikasida investorlarning qonuniy manfaatlarini muhofazalashga va mamlakatimizda investisiyalarning samarali huquqiy himoyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investisiya shartnomasi, investisiyalar ob’ekti va hajmi, loyihaning boshlanish hamda tugallanish muddatlari; investisiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari; korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish sharti; investisiya shartnomasi taraflari o‘rtasidagi investisiya shartnomasi qoidalari bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi, joyi va nizolarni ko‘rib chiqadigan organ xususidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi shart ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-598-sonli “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasida o‘z aksini topdi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2021 yil 13 iyuldagi 02/5-803-son ma’lumotnomasi). Ushbu huquqiy norma Hukumat bilan tuziladigan investisiya shartnomasi bo‘yicha kelgusidagi investisiyaviy nizolarni oldini olishga, investisiya faoliyatini isloh qilishga hamda ushbu turdagi shartnomalar bo‘yicha taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferensiyalar)ni adolat va qonuniylik tamoyillariga mos bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan;
mamlakatimizda chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida har qanday valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlarni ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish; ssudalarni chet el valyutasida olish va qaytarish huquqiga ega ekanliklari xususidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-598-sonli “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasida  o‘z aksini topdi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2021 yil 13 iyuldagi 02/5-803-son dalolatomasi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 19/1-2 son ma’lumotnomasi). Ushbu huquqiy norma zamonaviy investisiya qonunchiligini takomillashtirishga, mamlakat investisiyaviy imidjini oshirishga hamda investorlar huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
investisiya shartnomasida belgilanishi zarur bo‘lgan shartlar hamda namunaviy investisiya shartnomasini shakllantirish yuzasidan berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 apreldagi 264-sonli Qarori loyihasi tayyorlanishida, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda, xususan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investisiya shartnomasi taraflari o‘rtasidagi investisiya shartnomasi qoidalari bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi, nizolarni ko‘rib chiqish joyi va organi: bunda O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat sudi, O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat hududida tashkil etilgan xalqaro tijorat arbitraji nizolarni ko‘rib chiquvchi organ sifatida belgilanishi mumkinligi to‘g‘risidagi hamda bunday investisiya shartnomasini tuzish, o‘zgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va namunaviy Investisiya shartnomasi ishlab chiqilishida, Adliya vazirligining qonun ijodkorligi va huquqiy ekspertiza faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi ma’lumotnomasi) Ushbu taklif investor va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muvaffaqiyatli shartnomaviy-huquqiy tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, investorlar manfaatlarini himoya qilish va mamlakat investisiyaviy iqlimi jozibadorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish