Berdimurodov Usmon Suyunovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari samaradorligini oshirish”, 08.00.04 - qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt254.
Ilmiy rahbar: Kodirov Abdusatorxodja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Rhd.036/30.01.2020.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Quchqorov G‘aybulla Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrar texnologiya inistuti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, uslubiy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni bir ishchiga to‘g‘ri kelgan qiymat va natural holdagi mahsulot tannarxini umumiy qiymat shakli indeksi orqali aniqlash uslubiyati takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanishida ta’sir etuvchi (texnik-agrotexnologik, tashkiliy, tarkibiy va tabiiy) omillarini o‘zaro bog‘liqligi va ta’sir darajasi zichligini e’tiborga olgan holda ulardan kompleks foydalanish modeli takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanishni kunbay va oylik ish haqini qat’iy belgilash orqali moddiy manfaatdorlik mexanizmi amplitifikatsiya qilish orqali kuchaytirish tizimi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy natijalar  asosida: 
qishloq xo‘jaligida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni bir ishchiga to‘g‘ri kelgan qiymat va natural holdagi mahsulot tannarxini umumiy qiymat shakli indeksi orqali aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklifidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 04/033-1256-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanishi natijasida Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligida mehnat resurslariga bo‘lgan talabni ortishiga va mehnat yarmarkalarida qatnashganlar ulushi 35 foizga, ishga joylashganlar ulushi 28 foizga ortgan;
qishloq xo‘jaligida foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi texnik-agrotexnologik, tashkiliy, tarkibiy va tabiiy omillarini o‘zaro bog‘liqligi va ta’sir darajasi zichligini e’tiborga olgan holda ulardan kompleks foydalanish modeli takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 04/033-1256-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer va dehqon xo‘jaliklarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
feremer xo‘jaliklarida mehnat resurslarini kunbay asosida va oylik ish xaqini qat’iy belgilash orqali rag‘batlantirish mexanizmidan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 04/033-1256-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyatida fermer xo‘jaliklariga mehnat resurslarining jalb qilinishi 1,6 barobarga ko‘payishi asoslangan;
o‘rta arifmetik va poliminal usullaridan foydalangan holda dehqon va fermer xo‘jaliklarida mehnat resurslaridan samarali foydalanishga asoslangan 2021–2025 yillargacha ishlab chiqilgan prognozidan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 04/033-1256-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada o‘rta muddatli istiqbolda mehnat resurslarining soni 1,2 barobarga oshishi bashorat qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish