Abdullaeva Zubayda Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kobal`t (II), nikel` (II) va mis (II) ning formiatatsetatli koordinatsion birikmalari: sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K168.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimova Mavluda Ro‘zmetovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Co(II), Ni(II) va Cu(II) formiatlarini s-, p-, d-metall atsetatlari bilan poliyadroli formiatatsetatli koordinatsion birikmalarini sintez qilish, tarkib-tuzilish bog‘liqliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor So(II), Ni(II) va Cu(II) ning formiatatsetatli 23 ta yangi geterometall koordinatsion birikmalari sintez qilingan;
element, energiya-dispersion, rentgenfazaviy, termik analiz, elektron, va IQ- spektroskopik usullar yordamida sintez qilingan yangi birikmalarning individualligi hamda kristall va eritma holatida formiatatsetatlarning oraliq metall ionlariga koordinatsiyalanishi aniqlash natijasida qonuniyatlar yaratilgan;
ilk bor rentgen nurlari difraksiyasiga asoslangan strukturaviy va neytronografik tahlil usullari yordamida [Ni(HCOO)2∙2Zn(CH3COO)2∙4H2O] kompleksining kristall tuzilishi aniqlangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida koordinatsion birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlangan;
ilk bor Co(II), Ni(II) va Cu(II) formiatatsetatli kompleks birikmalarining barqarorlik konstantalari aniqlangan va So(II)<Ni(II)<Cu(II) qatorida barqarorlik konstantalari ortib borib, Irving-Vil`yams qatori qonuniyatiga mos kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
So(II), Ni(II) va Cu(II) formiatatsetatli yangi koordinatsion birikmalarini sintezi va fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Co-Cu-NK stimulyatori Xorazm viloyati fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 07 maydagi 02/025-2014-son ma’lumotnomasi). Natijada, Co-Cu-NK stimulyatorini qo‘llash bug‘doy unib chiqishini 1-2 kunga tezlashtirish, hosil pishishi 7-10 kunga qisqartirish va hosildorlikni 10-15 % ga oshirish, shuningdek paxtaning unib chiqishi 1-2 kunga, hosilning shakllanishi va etilishi 5-7 kunga qisqartirish, hosildorlikni o‘rtacha 3,4-5,0 % ga oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikmalardan OT-F7-45 raqamli “Metallarning yangi geterohalqali polifunksional biologik faol ligandlar bilan qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda qo‘llash uchun poliedrining ma’lum tuzilish va funksionallikka ega bo‘lgan koordinatsion birikmalarining yo‘naltirilgan sintezi” mavzusidagi fundamental loyihada koordinatsion birikmalarni sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 89-06-224-son ma’lumotnomasi). Natijada, formiatatsetatning yangi koordinatsion birikmalarini olish, tuzilishi va xossalarini aniqlash imkonini bergan.